Samara viloyati chegarasidagi o‘zbekistonliklar uchun yana 4ta poyezd tashkil etiladi

© Sputnik / Sergey Pivovarov / Mediabankka o‘tishPosadka na vivoznoy poyezd iz Rostova-na-Donu v Uzbekistan
Posadka na vivoznoy poyezd iz Rostova-na-Donu v Uzbekistan  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
May oyidan boshlab vatanga qaytishni istovchi O‘zbekiston fuqarolari muntazam ravishda Samara, Orenburg va Rostov viloyatlarida to‘planib kelmoqdalar.

TOShKENT, 19 sen — Sputnik. COVID-19 koronavirusi pandemiyasi fonida barcha turdagi qatnovlarning yopilishi tufayli Samara viloyatida qolib ketgan O‘zbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish maqsadida yana to‘rtta poyezd tashkil etiladi. Bu haqda Samara viloyati hukumati saytida xabar berilgan.

Xvost samoleta uzbekskix avialiniy - Sputnik O‘zbekiston
Samara - Toshkent parvoziga chiptalar sotish boshlandi

Vatanga qaytmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklar 15-avgustdan Kinelga kelishni boshlagan edilar. Avvaliga migrantlar temiryo‘l vokzali platformasida joylashgan edilar. 21-avgust kuni region hukumati ular uchun palatkali lagerni qurib berdi. Sovuq kunlar boshlanishi bilan isitish tizimlari ham tashkil etildi.

"Migrantlarni o‘z manziliga yetkazish uchun sakkizta poyezd yuborildi, yana to‘rtta poyezd tashkillashtiriladi. Shuningdek, Kurumoch aeroportidan chiqish reyslari rejalashtirilgan", — deyiladi xabarda.

Samara viloyatiga kirishda yana nazorat postlari ishga tushdi — ular shu jumladan, lagerda koronavirus o‘choqlari paydo bo‘lishi xatarlarini pasaytirish ustida ish olib bormoqda, deb xabar qiladi matbuot-xizmati.

Zdanie aroporta Domodedovo v Moskovskoy oblasti. - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya 21-sentabrdan Qozog‘iston va Qirg‘izistonga avia-qatnovlarni tiklayapti

Toshkentda fuqarolardan Rossiya-Qozog‘iston chegarasida muntazam to‘planmaslikni va RFda yashash joyi bo‘yicha chiqish reyslari navbatini kutishni munzatam so‘rab keladi. Ammo O‘zbekistonga qaytish istagida bo‘lgan yuzlab fuqarolar may oyidan boshlab muntazam ravishda Rossiyaning Samara, Orenburg va Rostov viloyatlarida to‘planib keladilar. Respublika hukumati avtobus va temir-yo‘l transporti orqali o‘ng mingdan ziyod vatandoshlarni olib chiqdi.

1 oktabr sanasidan boshlab O‘zbekiston o‘z chegarasini barcha turdagi transport vositalari uchun ochmoqda, shu munosabat bilan oldinroq kiritilgan karantin choralarining barchasi bekor qilindi.

Yangiliklar lentasi
0