Rossiya 21-sentabrdan Qozog‘iston va Qirg‘izistonga avia-qatnovlarni tiklayapti

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishZdanie aroporta "Domodedovo" v Moskovskoy oblasti.
Zdanie aroporta Domodedovo v Moskovskoy oblasti. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu ko‘rsatib o‘tilgan davlatlarga reyslar o‘zarolik asosida haftada bir marta amalga oshiriladi, deya aniqlik kiritishdi shtabda.

TOShKENT, 19 sen — Sputnik. Rossiya 21-sentabrdan Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Belarus bilan avia-qatnovlarni qayta tiklamoqda, deb ma’lum qildi jurnalistlarga koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish tezkor shtabi vakili.

Boing-767 aviakompanii Uzbekistan Airways - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston 1-oktabrdan o‘z chegaralarini to‘liq ochmoqda

"Yig‘ilish yakunlariga ko‘ra, 21-sentabrdan Qozog‘iston (Nur-Sulton), Qirg‘iziston (Bishkek) va Belarus (Minsk) bilan o‘zaro kelishuv asosida xalqaro avia-qatnovlarni qayta tiklash qarori qabul qilindi", - deyiladi xabarda.

Ushbu ko‘rsatib o‘tilgan davlatlarga reyslar o‘zarolik asosida haftada bir marta amalga oshiriladi, deya aniqlik kiritishdi shtabda.

Bundan tashqari, shtab 27-sentabrdan Janubiy Koreya bilan aviaqatnovlar qayta tiklanayotgani haqida xabar berdi. Koreya Respublikasi bilan ham reyslar haftasiga bir marta amalga oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0