Yaponiya dunyoning turli davlatlaridan O‘zbekistonga VIP charter reyslarni tashkil qilmoqchi

© Sputnik / Marina LissevaSamolet Airbus-320. Arxivnoe foto
Samolet Airbus-320. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
JAL Business Aviation aviakompaniyasi vakillari O‘zbekiston bozoriga qiziqish bildirib, O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida turistik oqimni oshirish orqali hamkorlikni tashkil qilishni taklif qildi.

TOShKENT, 18 sen - Sputnik. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasida Yaponiyaning Marubeni kompaniyasining O‘zbekistandagi vakolatxonasi rahbari Nagaxito Miyosi bilan uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Turizm qo‘mitasi matbuot-xizmati.

Boing-767 aviakompanii Uzbekistan Airways - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston 1-oktabrdan o‘z chegaralarini to‘liq ochmoqda

Uchrashuvda tomonlar Marubeni va Japan Airlines (JAL) kompaniyalariga tegishli JAL Business Aviation aviakompaniyasi tomonidan O‘zbekistonga Yevropa va dunyoning boshqa mamlakatlaridan charter, jumladan VIP charter reyslarini tashkil qilish va ularni sonini ko‘paytirish masalalarini muhokama qilishdi.

Aviakompaniya vakillari O‘zbekiston bozoriga qiziqish bildirib, O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida turistik oqimni oshirish orqali hamkorlikni tashkil qilishni taklif qildi.

Mazkur masala yuzasidan Qo‘mita raisi o‘rinbosari Ulug‘bek Azamov va aviakompaniya vakillari mahalliy turoperatorlar bilan uchrashuv tashkil qilishga kelishishdi.

Pogranichniy punkt, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Qozog‘iston davlat chegaralari yopiqligicha qolmoqda

Uchrashuvda avia-kompaninyaning Londondagi ofisi hamkorligida Yevropa mamlakatlaridan O‘zbekistonga charter reyslarini yo‘lga qo‘yish taklifi ko‘tarilib, ushbu tashabbus Yaponiyalik hamkorlar tomonidan ma’qullandi va pandemiya bilan bog‘liq vaziyat barqarorlashishi bilan erishilgan kelishuvlar yuzasidan tez orada tashkiliy ishlarni amalga oshirilishi bildirildi.

Ma’lumot uchun, Marubeni Yaponiyaning 5 ta eng yilik turli xil faoliyat bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalaridan biri hisobdanadi. Yaponiyada 30 ta bo‘lim va dunyoning 79 mamlakatida 158 ta ofisi mavjud. Japan Airlines (JAL) kompaniyasi Osiyoning eng yirik aviakompaniyalaridan biridir. Kompaniya dunyo bo‘yicha 120 dan ortiq aeroportlarda doimiy ichki va xalqaro tashishlarni amalga oshiradi. JAL Business Aviation kompaniyasi premium toifadagi mijozlarga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan aviakompaniya hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0