TOShKENT, 17 sen — Sputnik. Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi yangi o‘quv yilida o‘quvchilar uchun eshigini ochgan 9 ta maktab yana faoliyatini to‘xtatdi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maktablar yopilishiga tumanda koronavirus pandemiyasi bilan gumon qilinayotgan fuqarolar soni oshgani sabab bo‘lgan.
Tumanda bosqichma-bosqich an’anaviy tarzda o‘z faoliyatini boshlagan umumiy o‘rta ta’lim maktablari pandemiya sharoiti barqarorlashguniga qadar quyidagi maktablar faoliyati to‘xtatiladi: 27, 50, 52, 55, 96, 42, 46, 53, 24-maktab.
Ushbu maktablar faoliyatini an’anaviy tarzda boshlagunga qadar o‘quvchilar onlayn tarzda, ya’ni “Onlayn-maktab” loyihasi doirasidagi televizion darslar orqali dars mashg‘ulotlarini amalga oshiradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentdagi ikkita maktab ochilganidan ikki kun o‘tib o‘qituvchilarda koronavirus aniqlangani bois karantinga yopilgani haqida xabar qilingan edi.