Andijonda 11 ta to‘yda karantin talablariga rioya qilinmadi

© Sputnik / Dmitriy MatveyevGosti tansuyut na uzbekskoy svadbe
Gosti tansuyut na uzbekskoy svadbe - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
1 avgust kunidan 7-sentabr kuniga qadar Andijon viloyatining qator tumanlarida o‘tkazilgan jami 11 ta to‘y marosimlarida belgilangan karantin talablariga rioya etmaslik holatlari aniqlangan.

TOShKENT, 9 sen — Sputnik. Andijonda to‘y marosimlarida belgilangan karantin talablariga rioya etmaslik holatlari aniqlandi. Bu haqda Andijon viloyati IIB axborot xizmati xabar qilmoqda

Restoran. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda karantin qoidasiga zid ravishda oshxonada to‘y o‘tkazildi

Ta’kidlanishicha, joriy yilning 1-avgust kunidan 7-sentabr kuniga qadar Qo‘rg‘ontepa, Marhamat, Asaka, Jalaquduq, Shahrixon hamda Xo‘jaobod tumanlarida o‘tkazilgan jami 11 ta to‘y marosimlarida belgilangan karantin talablariga rioya etmaslik holatlari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan O‘zbekiston MJtKning 54-modda 2-qismiga asosan ma’muriy hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Qonuniy chora ko‘rishlik uchun Andijon viloyati sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markaziga yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni fuqarolarning uy-joyi va hovlisining o‘zida 30 kishidan ko‘p bo‘lmagan hamda sanitariya va gigiyena talablariga qat’iy rioya etgan holda o‘tkazishga ruxsat berilgan.

Yangiliklar lentasi
0