Suv xo‘jaligida yangi innovatsiya joriy etish uchun 250 milliard so‘m yo‘naltiriladi

© Sputnik / Nikolay Xijnyak / Mediabankka o‘tishTeplichnoe xozaystvo v Krasnodarskom krae
Teplichnoe xozaystvo v Krasnodarskom krae - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev bu tajribani keng qo‘llab, paxta, g‘alla va sholi maydonlarini lazer yordamida tekislash muhimligini ta’kidladi.

TOShKENT, 16 sen — Sputnik. O‘zbekistonda suv xo‘jaligida yana bir innovatsiya - ekin maydonini lazer yordamida tekislash joriy etish uchun kamida 250 milliard so‘m yo‘naltiriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan suv xo‘jaligida tejamkor texnologiyalarni joriy etish va davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Oroshenie zemli - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llaganlarga davlat yordam beradi

Ta’kidlanishicha, mintaqamda suv tanqisligi bilan bog‘liq vaziyat yildan-yilga murakkablashib bormoqda. Oxirgi 10-yilda, misol uchun, O‘zbekistonda suv hajmi 12 foizga, o‘tgan yilgiga nisbatan esa bu yil 15 foizga kamaygan.

Videoselektorda suv xo‘jaligidagi ishlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat va tumanlar kesimida tanqidiy tahlil qilinib, galdagi muhim vazifalar muhokama etildi.

Kelgusi yilda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni 600 ming gektarga yetkazish reja qilib qo‘yildi. Buning uchun davlat budjetidan zarur mablag‘ yo‘naltirish, tashabbuskorlar xarajatining bir qismini qoplash uchun subsidiya berish, shuningdek, xalqaro moliya tashkilotlari resurslarini jalb qilib, salohiyatli fermer xo‘jaliklari va klasterlarga tijorat banklari orqali kredit ajratish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

O‘zbekiston uch viloyatidagi maydonlarni sug‘orish uchun Tojikistondan qo‘shimcha suv oladi

Suv tejovchi texnologiyalar qamrovi kengayishi bilan ularni ishlab chiqarishga ham talab oshadi. Biroq, mamlakatda shunga ixtisoslashgan 13 ta korxonaning quvvati kelgusi yil ehtiyojining yarmini qoplashga ham yetmaydi. Shu bois mutasaddilarga Samarqand, Toshkent va Namangan viloyatlarida suv tejovchi texnologiyalar uchun uskunalar ishlab chiqaruvchi korxonalar tashkil etish vazifasi qo‘yildi.

Sohadagi yana bir innovatsiya – klasterlar 3 ming gektardan ziyod ekin maydonini lazer yordamida tekislash orqali suv sarfini 20-25 foiz, o‘g‘itni 15 foiz tejashga, hosildorlikni kamida 10 foizga oshirishga erishgan.

“Davlatimiz rahbari bu tajribani keng qo‘llab, paxta, g‘alla va sholi maydonlarini lazer yordamida tekislash muhimligini ta’kidladi. Moliya vazirligiga ushbu texnologiyani joriy qilishga Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasidan kamida 250 milliard so‘m kredit ajratish topshirildi”, - deyilgan xabarda.

Suv xo‘jaligi vazirligiga yil yakunigacha 150 ta, kelgusi yildan barcha o‘lchash postlarida suvni onlayn rejimda nazorat qiluvchi avtomatlashgan tizim joriy etish vazifasi yuklatildi.

Sug‘orish meyorlarini hisoblash metodikasini BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) talablariga moslashtirish, suv hisoblagichlar o‘rnatgan iste’molchilarni rag‘batlantirish yuzasidan vazifalar belgilandi.

Yangiliklar lentasi
0