Lukashenko Navalniy haqidagi audioyozuvning e’lon qilinmagan qismi borligini ma’lum qildi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishMiting v podderjku deystvuyushego prezidenta Belorussii A. Lukashenko v Minske
Miting v podderjku deystvuyushego prezidenta Belorussii A. Lukashenko v Minske - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, e’lon qilinmagan Varshava va Berlin suhbatining to‘lig‘ida sensatsion tafsilotlar bor va bularning barchasi hali holva.

TOShKENT, 9 sen — Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Polsha va Germaniyaning Aleksey Navalniy haqidagi suhbatining e’lon qilinmagan qismi borligini ma’lum qildi. Bu haqda 8-sentabr kuni Belarus yetakchisi bilan bo‘lgan intervyuda ishtirok etgan “Govorit Moskva” radiostansiyasining bosh muharriri Roman Babayan xabar qildi.

Babayanning so‘zlariga ko‘ra, Lukashenko yozuvning to‘liq versiyasini Rossiya Federal xavfsizlik xizmati direktori Aleksandr Bortnikovga topshirgan.

Aleksey Navalniy - Sputnik O‘zbekiston
Aleksey Navalniy komadan chiqarildi

“Bizda, aytdiki, bu suhbatning to‘lig‘i bor, eshitishni istaysizmi? Biz, tabiiyki, darhol javob berdik: albatta, istaymiz, keling eshitamiz! Shunda u deydiki: lekin unda Rossiya FXX rahbaridan so‘rang”, - deya Belarus prezidenti bilan bo‘lgan suhbatni hikoya qilgan Babayan.

Ta’kidlanishicha, e’lon qilinmagan qismda sensatsion tafsilotlar bor.

3 sentabr kuni Aleksandr Lukashenko Varshava va Berlinning Navalniy atrofidagi voqealar xususidagi suhbati tutib qolinganini ma’lum qilgan edi. U ushbu yozuvni Rossiya maxsus xizmatiga berishni va’da qilgan edi. Belarus davlat telekanali audioyozuvning bir qismini ommaga e’lon qildi. Unda GFR vakili deb aytilgan kishi Navalniyning “zaharlanishining” tasdiqlanishi unchalik muhim emasligi, chunki urushda “har qanday usul yaxshiligini” aytadi. Germaniya Vazirlar mahkamasi suhbatni soxta deb atadi, Polsha ham buni rad etdi.

Yangiliklar lentasi
0