TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Qirg‘iziston Rossiya bilan “Sputnik V” vaksinasini yetkazib berishga doir muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda mamlakat prezidenti Sooronbay Jeenbekov davlat radiosiga bergan navbatdagi intervyusida ma’lum qildi.
“Ma’lumki, so‘nggi paytda Rossiya vaksinani joriy etishni boshladi. Ishonchim komilki, tez orada uni ommaviy ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Biz uchun vaksinani respublikaga olib kelish juda muhim”, - dedi u.
Jeenbekov ikki mamlakatning tegishli organlari vaksinani Qirg‘izistonga yetkazib berishga oid muzokaralar olib borayotgani qo‘shimcha qildi.
Avvalroq Rossiyada yaratilgan birinchi koronavirusga qarshi vaksinaga Qozog‘iston, Tojikiston va boshqa mamlakatlar qiziqish bilgan edi.
Shuningdek, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahodir Yusupaliyev mamlakat Rossiya vaksinasini xarid qilish imkoniyatini o‘rganib chiqayotganini ma’lum qilgan edi.