TOShKENT, 15 sen — Sputnik. “Forbes” jurnali 2020-yilda dunyoning eng ko‘p daromad oluvchi futbolchilari reytingini e’lon qildi. “Barselona” va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi reytingda birinchi o‘rinni egalladi.
Messi yillik daromadi 126 million dollarni tashkil etgan. Kuchli uchlikdan “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu (117 mln dollar) va PSJ hujumchisi Neymar (96 mln dollar) o‘rin olgan.
Nufuzli nashrning top-10 ro‘yxatiga, shuningdek, Kilian Mbappe (42 mln dollar), Muhammad Saloh (37), Pol Pogba (34), Antuan Grizmann (33), Garet Beyl (29), Robert Levandovski (28) va David de Xea (27) kiritilgan.