TOShKENT, 13 sen — Sputnik. O‘zbekistonda yana ikki nafar koronavirusga chalingan fuqaro vafot etdi. Ularning umumiy soni 390 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.
“Shu bilan birga, Shayxontohur tumanida yashagan 82 yoshli P.X. (erkak) hamda Olmazor tumanida yashagan 48 yoshli S.X. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi”, - deyilgan xabarda.
13 sentabr soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda aniqlangan koronavirus holati 47 287 (+245) taga yetgan.
Yangi kasallanganlarning 231 nafari Toshkent shahrida, 14 nafari esa Toshkent viloyatida fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu paytga qadar 43 866 (+355) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 3 031 nafar davolanmoqda.