O‘zbekistonda COVID-19 bilan kasallanganlar 47 mingdan oshdi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishKoronavirus
Koronavirus - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tun davomida yana 192 kishiga koronavirus tashxisi qo‘yilgan. Ikki kishi vafot etib, qurbonlar soni 388 nafarga yetdi.

TOShKENT, 13 sen — Sputnik. O‘zbekistonda o‘tgan tun davomida yana 192 kishida koronavirus aniqlandi. Kasallanganlarning umumiy soni 47 042 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

Pervaya v mire vaksina ot koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda o‘qituvchilardan "COVID-19"ga qarshi test olish boshlandi

Yangi kasallanganlarning  96 nafari Toshkent shahrida, 51 nafari Samarqand viloyatida, 17 nafari Andijon viloyatida, 9 nafari Namangan viloyatida, 8 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, yana 8 nafari Toshkent viloyatida, 3 nafari Qashqadaryo viloyatida fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Zangiota tumanida yashagan 83 yoshli B.R. (erkak) hamda Shayxontohur tumanida yashagan 74 yoshli X.Z. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Qurbonlar soni 388 nafarni tashkil etmoqda.

Shu paytga qadar mamlakatda 43 511 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 3 143 nafar bemor davolanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0