Turkiya energetika kompaniyasi yil yakunigacha O‘zbekistonda IES qurishni boshlaydi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishVvod v ekspluatatsiyu TES
Vvod v ekspluatatsiyu TES - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qurilish ishlarini shu yil oxirigacha boshlab yuborish, hamda qurilish boshlanganidan so‘ng 12 oydan kechiktirmay tayyor obyektni ishga tushirish rejalashtirilgan

TOShKENT, 12 sen - Sputnik. Turkiya Cengiz Enerji energetika kompaniyasi 2022-yilga kelib Toshkent viloyatida IES quradi, deb xabar bermoqda Tashqi savdo va investitsiyalar vazirligi matbuot-xizmati.

Rabotnik TES stoit u monometrov v mashinnom zale - Sputnik O‘zbekiston
Sirdaryo viloyatida quvvati 1 500 MVt bo‘lgan yangi IES quriladi

"O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Turkiyaning Cengiz Enerji energetika kompaniyasi bilan o‘tkazilgan muzokaralar davomida Toshkent viloyatida quvvati 240 MVt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasini qurish loyihasi doirasida dolzarb masalalar muhokama qilindi", - deyiladi xabarda.

Ushbu kelishuv O‘zbekiston hukumat delegatsiyasining joriy yilning iyul oyida Turkiyaga amalga oshirilgan tashrifi davomida erishilgan, deb qo‘shimcha qilingan xabarda.

IES qurilishi uchun 150 mln dollargacha bo‘lgan miqdorda Turkiyaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalari jalb qilinadi.

Qurilish paytida 500 yangi ish o‘rinlari va IESdan foydalanish vaqtida 100 ish o‘rinlari yaratiladi, yiliga 2 milliard kVt.s miqdorida arzon elektr energiyasini ishlab chiqariladi.

Vvod v ekspluatatsiyu TES - Sputnik O‘zbekiston
Saudiya Arabistoni kompaniyasi Sirdaryoda IES qurilishining birinchi bosqichini boshladi

Bu, o‘z navbatida, respublika energiya balansini diversifikatsiya qilish va elektroenergiya ishlab chiqarishga sarflanadigan tabiiy gaz iste’molini sezilarli darajada kamaytirish uchun imkoniyatlar yaratishi qayd etilgan.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Cengiz Enerji va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi o‘rtasida Investitsion bitim, shuningdek, "O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari" AJ bilan turk kompaniyasidan 25-yil muddatga elektr energiyasini sotib olish bo‘yicha Bitim imzolangan.

Qurilish ishlarini shu yil oxirigacha boshlab yuborish, hamda qurilish boshlanganidan so‘ng 12 oydan kechiktirmay tayyor obyektni ishga tushirish rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0