O‘zbekiston Afg‘oniston bo‘yicha muzokaralar bosqichlaridan birini o‘tkazishga tayyor

© Ofitsialniy veb-sayt Prezidenta Respubliki UzbekistanaPeregovori Prezidentov Uzbekistana i Afganistana v rezidensii Kuksaroy
Peregovori Prezidentov Uzbekistana i Afganistana v rezidensii Kuksaroy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Respublika afg‘onlararo muzokaralarning keyingi bosqichlaridan birini Samarqand shahrida o‘tkazishga tayyorligini bildirdi.

TOShKENT, 10 sen — Sputnik. O‘zbekiston hukumati afg‘onlararo muzokaralarning keyingi bosqichlaridan birini Samarqand shahrida o‘tkazishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.

9 sentabr kuni “O‘zbekiston-AQSh-Afg‘oniston” uch tomonlama hamkorlik mexanizmining Siyosat bo‘yicha quyi qo‘mitasi birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Delegatsiyalarga O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov, AQSh davlat kotibining Afg‘oniston bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Nensi Jekson, Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mirvays Naab rahbarlik qildi. 

“Uchrashuv ishtirokchilari afg‘onlararo muzokaralarning birinchi doirasini Doha shahrida (Qatar) o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorni mamnuniyat bilan qo‘llab-quvvatladi. O‘zbekiston tomoni muzokaralarning keyingi bosqichlaridan birini Samarqand shahrida o‘tkazishga tayyorligini bildirdi”, - deyilgan xabarda.

Tomonlar Afg‘oniston uchun Keng qamrovli tinchlik dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish zarurligini bildirib, u mintaqaviy va global yondashuv asosida tayyorlanishi muhimligi ta’kidladi.

Ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni ko‘lamini oshirish, transport-kommunikatsiya, infratuzilma va investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish hamda Afg‘oniston iqtisodiyotini izchil rivojlanishiga ko‘maklashishning muhimligi qayd etildi. 

Zdanie MID Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Loya jirg‘a 400 mahbus toliblarni ozod qilishga rozi bo‘ldi: O‘zbekiston TIV munosabati

Avvalroq RIA Novosti o‘z manbalariga tayanib, Afg‘oniston hukumati delegatsiyasi “Tolibon”* bilan afg‘onlararo muzokaralarni boshlashga tayyorgarlikni yakunlaganini xabar qilgan edi. Delegatsiya a’zolari Qatar poytaxti Dohaga jo‘nab ketishlari kerak edi, ammo ularning safari qoldirilgan edi.

Toliblarning rasmiy vakili Zabiulla Mujahid harakat Afg‘oniston hukumati bilan muzokaralarda ishtirok etish uchun delegatsiya shakllantirgani va u 21 kishidan iborat ekanini ma’lum qilgan edi.

2020 yil fevral oyi oxirida Qatarda AQSh va “Tolibon”* radikal harakati 18-yillik urushdan so‘ng tinflik bitimini imzoladi. Bitim chet el qo‘shinlarini 14 oy ichida Afg‘onistondan olib chiqilishi va asirlar bilan almashish yakunlangandan keyin afg‘onlararo muloqot boshlanishini nazarda tutadi.

Iyul oyiga kelib ushbu bitim doirasida amerika harbiylari Afg‘onistondagi beshta bazani tark etdi. Keyinchalik Afg‘onistonning Maslahat Loya jirg‘asi a’zolari 400 nafar mahbus toliblarni ozod qilish to‘g‘risidagi qaror qabul qildi va bu toliblarning afg‘onlararo muzokalarni boshlashga qo‘ygan shart edi.

* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti

Yangiliklar lentasi
0