TOShKENT, 10 sen — Sputnik. Qirg‘iziston sentabr oyi o‘rtasidan O‘zbekiston va Qozog‘iston bilan muntazam parvozlarni qayta tiklaydi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar qilmoqda.
“Hozirda 14-sentabrdan Toshkent-Bishkek-Toshkent va 17-sentabrdan Olmaota-Bishkek-Olmaota yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reyslarni qayta tiklash borasida ish olib borilmoqda”, - deyilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha, aviakompaniyalar ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha chiptalar sotuvini yo‘lga qo‘ygan.
Avvaliga Toshkentga haftasiga bir marta parvozni amala oshirish rejalashtirilgan. Keyinchalik ular sonini ko‘paytirish rejalashtirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avalroq 2-sentabrdan boshlab Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘tkazish punktlari orqali transport va fuqarolar kirish-chiqishi uchun qo‘yilgan cheklovlar olib tashlangani xabar qilingan edi.