Toshkent–Qarshi–Toshkent yo‘nalishida “Nasaf” tezurar poyezdi harakati qayta yo‘lga qo‘yiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPlatforma jeleznodorojnogo vokzala v Tashkente
Platforma jeleznodorojnogo vokzala v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Poyezd 11-sentabr kuni soat 08:52 da Toshkent Markaziy temiryo‘l vokzalidan hamda shu kuni soat 17:37 da Qarshi temiryo‘l vokzalidan harakatini boshlaydi.

TOShKENT, 10 sen — Sputnik. 11-sentabrdan Toshkent–Qarshi–Toshkent  yo‘nalishida "Nasaf" tezurar yo‘lovchi poyezdi harakati qayta yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Vivoznoy reys iz Novosibirska v Tashkent  - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston O‘zbekiston bilan muntazam parvozlarni qachon tiklaydi – sana

Ta’kidlanishicha, Respublika maxsus komissiyasining 2020-yil 15-avgustdan karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yumshatish bo‘yicha qabul qilgan qaroriga asosan yo‘lovchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida 2020-yil 11-sentabrdan Toshkent – Qarshi – Toshkent  yo‘nalishida 4/3 sonli "Nasaf" tezurar yo‘lovchi poyezdi harakati qayta yo‘lga qo‘yiladi.

Poyezd 11-sentabr kuni soat 08:52 da Toshkent Markaziy temiryo‘l vokzalidan hamda shu kuni soat 17:37 da Qarshi temiryo‘l vokzalidan harakatini boshlaydi.

Xabarda yo‘lovchilar chiptalarni temiryo‘l kassalaridan,  shuningdek,  onlayn tarzda ham xarid qilishlari mumkinligi qo‘shimcha qilingan.

Yangiliklar lentasi
0