Indoneziyada niqob taqmaganlar tobutga yotqizib qo‘yilib jazolandi

© REUTERS / Willy KurniawanLyudi na ulitse v Djakarte (Indoneziya) v zashitnix kostumax nesut grob
Lyudi na ulitse v Djakarte (Indoneziya) v zashitnix kostumax nesut grob - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Indoneziyaning ayrim provinsiyalarida hukumat niqob rejimini buzganlarni jazolashning “innovatsion” usulini qo‘lladi.

TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Indoneziyaning ayrim provinsiyalarida hukumat va ko‘ngillilar niqob rejimini buzganlarni jazolashning “innovatsion” usulini qo‘lladi va ularni tobut qo‘yiladigan mashina va tobutlarga yotqizib qo‘yishdi. Bu haqda Jakarta Post gazetasi yozmoqda.

Nashrning yozishicha, Probolongo shahrida qonunbuzarlarni koronavirusdan vafot etganlarni tashish uchun mo‘ljallangan mashinada bo‘sh tobut yonida o‘tirishga majburlashgan. Hukumat vakillari avtomobilda ular bilan xavfsizlik choralariga oid tarbiyaviy suhbat o‘tkazishgan.

Muxa - Sputnik O‘zbekiston
Fransiyada pashshani o‘ldirishga uringan qariya uyini portlatib yubordi

Ta’kidlanishicha, “Maron Market” bozorining 50 nafar sotuvchisi shunday jazolangan. Shuningdek, ular tobut qo‘yiladigan mashinaga o‘tirishdan tashqari bir haftaga sovdo qilish huquqidan va uch oyga Indoneziya fuqarosi kartasidan mahrum qilingan. Qolaversa, ular bozor va kanalizatsiyalarni tozalashlari kerak.

Gazetaning yozishicha, Jakartaning sharqiy hududlarida niqob rejimini buzganlarni tomoshabinlar ularni suratga tushirishi uchun bir necha daqiqa ochiq tobutga yotqizishgan. Ularga xalq o‘z “qahramonlarini” tanib olishlari uchun yuzlari berkitish taqiqlangan.

Indoneziya Filippin bilan bir qatorda Janubiy-Sharqiy Osiyoda eng ko‘p aniqlangan koronavirus mamlakatlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Indoneziyada 197 ming nafarga yaqin kishi koronavirus bilan kasallangan. 140 mingdan ziyod kishi tuzalib ketgan. 8 130 bemor pandemiya qurboni bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0