TOShKENT, 9 sen — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Iroq va Afg‘onistondagi harbiy qo‘shinlar soni qisqartirilishini e’lon qiladi. Bu haqda AQSh ma’muriyatining yuqori mansabdori jurnalistlarga ma’lum qildi.
“Vakil ma’lum qildiki, ertaga Iroqdan qo‘shinlarni olib chiqish to‘g‘risida e’lon qilinishi kutilmoqda”, - deyilgan xabarda.
Bundan tashqari, yaqin kunlarda Afg‘onistonga oid yana bitta e’lon bo‘ladi.
Tramp AQSh Afg‘onistondagi kontingentini qisqartirishini ma’lum qildi
Undan oldingi prezidentlar boshlagan Iroq va Afg‘onistondagi urushlarga barham berish Trampning saylovoldi dasturidagi asosiy va’dalardan biri edi.