Rostovda qolib ketgan o‘zbekistonliklar uchun yangi vaqtinchalik lager qurib berildi

© Sputnik / Sergey Pivovarov / Mediabankka o‘tishGrajdane Uzbekistana v stixiynom palatochnom lagere na stansii Pervomayskaya
Grajdane Uzbekistana v stixiynom palatochnom lagere na stansii Pervomayskaya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘z uyiga qaytishni istayotgan migrantlar bilan bog‘liq vaziyat Rostov viloyati gubernatori Vasiliy Golubev tomonidan shaxsiy nazoratga olingan.

TOShKENT, 8 sen — Sputnik, Aleksey Stefanov. Chorshanba kuni Rossiya hukumati o‘zbekistonliklarni Rostov-Don stansiyasidagi tartibsiz ravishda yuzaga kelgan lagerdan Lixaya stansiyasiga ko‘chirishni rejalashtirgan. Lixaya stansiyasida davlat tuzilmalari tomonidan vatanga qaytishga poyezd kutayotgan migrantlar uchun anchayin qulay shart-sharoitlarni yaratishgan. Bu haqda Sputnik agentligiga shahar ma’muriyati va o‘zbek diasporasi vakillari xabar qilishdi.

Ushbu holat Rostov viloyati gubernatori Vasiliy Golubevning shaxsiy nazoratiga olingan. Migrantlar yashab turgan lagerlarga viloyat hukumatining yuqori martabali xodimlari kelishgan.

© Sputnik / Sergey Pivovarov / Mediabankka o‘tishGrajdane Uzbekistana v palatochnom lagere
Rostovda qolib ketgan o‘zbekistonliklar uchun yangi vaqtinchalik lager qurib berildi - Sputnik O‘zbekiston
Grajdane Uzbekistana v palatochnom lagere

O‘zbekiston fuqarolarining Rostov-Dondagi Pervomaysk stansiyasida tartibsiz to‘planishi holati bir necha hafta burun yuzaga kelgan — migrantlar koronavirus pandemiyasi davrida qishloq xo‘jaligida mavsumiy ishlar tugashi bilan uylariga qaytishmoqchi, ammo yopiq chegaralar tufayli buni amalga oshirisha olmayapti. Sputnik agentligiga O‘zbek milliy madaniy markazi Qiyomxon Boboyevning ma’lum qilishicha, Pervomayskda migrantlar yashashi uchun shart-sharoitlar bo‘lmagan. Odamlar qo‘lbola palatkalar o‘rnatib, hatto perexodlarda yashashgan. Ikki kun oldin esa O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan bir ayol farzandni dunyoga keltirgan, uni tug‘ruqxonaga olib borishga ulgurishgan, hozirda ona va bola shifokorlar nazoratida bo‘lib turibdi.

Poyezd iz Rostova pribil s grajdanami Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Rostov va Samaradan maxsus poyezdlar bilan 2 mingga yaqin fuqarolar olib kelindi

"Qo‘ldan kelgancha yordam berdik. Vatandoshlarimiz soni bir necha yuzga yetganida, ularni ovqat bilan ta’minladik, vaziyatni amallab boshqarib turdik. Ammo ular mingdan oshib ketgach, yordam bera olmay qoldik - imkoniyatimiz chegarasiz emas. Xudoga shukrki, kuni kecha muammoni bartaraf etish ishlariga Rostov viloyati gubernatori, Rostov shahri meriyasi, shahar ma’muriyati qo‘shilishdi", - deya tushuntiradi Qiyomxon Boboyev.

O‘zbekistonga olib boradigan navbatdagi poyezdga 950 kishini o‘tqazishga muvaffaq bo‘lingan. Ammo hozircha yana 3 mingga yaqin ishchilar o‘sha joyning o‘zida qolmoqda. Hozirda diaspora vakillari O‘zbekiston Respublikasi Bosh konsulligi bilan birgalikda Rostov-Donda qolib ketgan O‘zbekiston fuqarolari ro‘yxatini tuzishmoqda.

Rostov-Don shahrida O‘zbekiston bosh konsulxonasining kirish qismi - Sputnik O‘zbekiston
Rostov-Don shahrida O‘zbekiston bosh konsulxonasi ochildi

"Ertaga (ya’ni bugun - tahr) Rossiya temir yo‘llari bilan kelishgan holda Pervomaysk stansiyasiga elektrichka kelib, barcha xohlovchilarni Lixaya stansiyasiga ko‘chirib o‘tkazadi. U yerda yashash sharoiti tamomila boshqacha bo‘ladi - vaziyat region rahbarining shaxsiy nazoratiga olingan, voqea joyiga esa gubernator o‘rinbosari Viktor Vovk va iqtisodiy taraqqiyot vaziri Maksim Papushenko kelishdi", - deydi Boboyev.

Rostov-Don administratsiyasi Sputnik nashriga ertaga (bugun) Pervomayskdan Lixaya stansiyasi tomon elektrichka yo‘lga chiqishini tasdiqladi.

"U yerda O‘zbekiston fuqarolari uchun sharoitlar yaratildi, palatkalar shaharchasi qurildi, ichimlik suvi, texnik suv olib kelindi. Oziq-ovqat - krupalar, makaronlar, yog‘, choy yetkaziladi", — deya ta’kidlashdi idora vakillari.

Hozirda shahar administratsiyasi O‘zbekiston Bosh konsulligidan to‘planib turgan fuqarolar ro‘yxatini kutmoqda. Shu ro‘yxat asosida migrantlar O‘zbekistonga olib chiqiladi.

Yangiliklar lentasi
0