Rostov va Samaradan maxsus poyezdlar bilan 2 mingga yaqin fuqarolar olib kelindi

© Press-slujba Ministerstva transportaPoyezd iz Rostova pribil s grajdanami Uzbekistana
Poyezd iz Rostova pribil s grajdanami Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya va O‘zbekiston transport vazirliklari kelishuviga ko‘ra, O‘zbekiston Rossiyadan o‘z fuqarolarini maxsus tashkil qilingan poyezdlar yordamida olib chiqishni boshladi.

TOShKENT, 28 avg – Sputnik. O‘zbekiston transport vazirligi xabariga ko‘ra, Rossiyaning 2ta shahridan O‘zbekistonga maxsus poyezdlar bilan 2 mingga yaqin fuqarolar olib kelingan.

Xususan, 27-avgust kuni Rostov-na-Donu shahridan 927 nafar O‘zbekiston fuqarolari Namangan viloyatiga yetib keldi. Ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar viloyat transport boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan avtobuslarda karantin zonalariga yetkazildi.

© Mintransporta UzbekistanaUzbekistan vivozit svoix grajdan na poyezdax
Rostov va Samaradan maxsus poyezdlar bilan 2 mingga yaqin fuqarolar olib kelindi - Sputnik O‘zbekiston
Uzbekistan vivozit svoix grajdan na poyezdax

Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi bilan kelishilgan holda “Toshkent – Kinel –Toshkent” yo‘nalishida yana bir maxsus poyezd tashkil qilinib, Samara yaqinidagi Rossiya chegarasida kutib qolgan 918 nafar O‘zbekiston fuqarolari Toshkentga olib kelindi.

Mazkur poyezd ayni damda Toshkent shahriga yetib keldi. Ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar avtobuslarda Toshkent viloyatidagi  karantin zonalariga yetkazildi.

© Press-slujba Minstransa UzbekistanaUzbekistansev vivezli iz Samarskoy oblasti na rodinu spetsialnim poyezdom
Rostov va Samaradan maxsus poyezdlar bilan 2 mingga yaqin fuqarolar olib kelindi - Sputnik O‘zbekiston
Uzbekistansev vivezli iz Samarskoy oblasti na rodinu spetsialnim poyezdom
Yangiliklar lentasi
0