Fransiyada pashshani o‘ldirishga uringan qariya uyini portlatib yubordi

Obuna bo‘lish
Hodisa qariya tushlik qilishga chog‘langan vaqtda ro‘y bergan. Uning qulog‘iga hasharotning vizillagani eshitilgan. Undan xalos bo‘lish uchun qo‘liga elektr pashsha o‘ldirgichni olgan.

TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Fransiyaning Liburn shahrida 80 yoshli erkak elektr pashsha o‘ldirgich yordamida hasharotni o‘ldirishga urinib, uyini portlatib yubordi. Bu haqda “The Mirror” nashri xabar qilmoqda.

Palata v gospitale dlya patsiyentov s COVID-19  - Sputnik O‘zbekiston
O‘qituvchi Zoomʼdagi dars vaqtida vafot etdi

Hodisa qariya tushlik qilishga chog‘langan vaqtda ro‘y bergan. U hasharotning vizillaganini eshitgan va undan xalos bo‘lish uchun qo‘liga elektr pashsha o‘ldirgichni olgan. Bu orada uyda gaz ballonidan gaz sizib chiqayotgan bo‘lgan. Elektr uskunadan chiqqan uchqun gazning portlashiga olib kelgan. Oqibatda oshxona va uyning bir qismi butunlay vayron bo‘lgan.

Qo‘llari kuygan erkak kasalxonaga yotqizilgan. Hozirda uning uyi ta’mirlanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0