Boshlandi. Xitoy AQShga birinchi moliyaviy zarbani beradi

© REUTERS / Kim Kyung-HoonSentralniy bank Kitaya
Sentralniy bank Kitaya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh moliyachilarining eng qo‘rqinchli tushi boshlandi - Xitoy o‘z ixtiyorida bo‘lgan 1 trillion AQSh davlat qarzlarini sotishga qaror qildi. AQSh iqtisodi bunga dosh bera oladimi? Dollarga asoslangan dunyo moliya tizimi-chi?

Xitoy va AQSh moliyaviy ekspertlari ayni damda Pekin AQSh sanksiyalariga javoban Xitoy qo‘lida ushlab turgan bir trillionlik Amerika davlat obligatsiyalarining 20 %ini sotishga qaror qilgani haqidagi xabarlarni muhokama qilishmoqda.

Voyennoslujashie SShA. - Sputnik O‘zbekiston
AQSh "Xitoy muammosi"ni kuch bilan hal qilishga moyillik bildirmoqda

Turli ekspertlar ushbu hodisani turlicha baholashmoqda: Amerika bozorida “haqiqiy apokalipsis”dan tortib AQShga hatto “chivin chaqqandek” ham bo‘lmasligigacha.

His-tuyg‘ularga berilmasdan xotirjam fikr yuritganda, ushbu voqeaning uzoq muddatlari istiqbollariga ham nazar solish mumkin.

Gonkongda joylashgan South China Morning Post nashri yozishiga ko‘ra, “Xitoy o‘z qo‘lida bo‘lgan AQSh qimmatbaho qog‘ozlari miqdorini bosqichma-bosqich – 800 million dollargacha kamaytirishi mumkin. Xitoy ancha vaqtdan beri AQSh iqtisodiga zarar yetkazish maqsadida obligatsiyalaridan voz kechishni niyat qilgan edi, lekin shu bilar vaqtda Vashington tomonidan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan sanksiyalar va Qo‘shma Shtatlardagi Xitoy mulkini hibsga olish kabi oqibatlarini ham taroziga solib ko‘rayotgan edi”, - deyilgan xabarda.

Vaziyatga iqtisodiy tomondan nazar solganda, Xitoyning 20% va hatto 50% obligatsiyalardan voz kechishi ham Oq Uyga jiddiy zarar yetkaza olmaydi. Sabab oddiy matematikada: faqatgina 2020-yilda AQSh budjet defitsiti 3,3 trillion dollarni tashkil qildi. Ushbu vaziyatda Federal Rezerv tizimi uchun 200 yoki 500 milliard qo‘shimcha dollar “chop etish” – hech narsa emas.

Peregovori prezidenta RF V. Putina s korolem Saudovskoy Aravii S. Al-Saudom - Sputnik O‘zbekiston
Neft-dollar tizimi bir kunda qulashi mumkin - Reuters

Lekin vaziyatga boshqa tomondan qaraganda AQShning ushbu ustuvorligi bir zumda darz ketishi mumkin. Amerikaning bugungi moliyaviy ustuvorligi siri - dollar dunyoning eng ommaviy rezerv valyutasi ekanidadir. AQSh ushbu ustuvorlikni ta’minlash uchun, birinchidan – butun dunyoda dollarga doimiy talabni ta’minlash (neftni faqat dollarga sotish,) va ikkinchidan – dollarga qarshi chiqqan, tashqi iqtisodida dollardan voz kechishga urinayotgan har qanday siyosatchini va uning mamlakatini yo‘q qilib tashlash bilan shug‘ullanib kelmoqda.

Dollarga bo‘lgan talabning asosiy manbaalari – boshqa davlatlar Markaziy banklari va Moliya vazirliklaridir. Ularga, odatda, xorijiy investorlar nazarida o‘z valyutalariga ishonchni oshirish uchun, Amerika davlat obligatsiyalari ko‘rinishida bo‘lgan valyuta rezervlari kerak. Ya’ni stabil valyutaga ega bo‘lishni istagan mamlakatlar AQSh iqtisodini moliyalashtirishga majbur qilindi. So‘nggi 50-yil davomida dunyo moliya tiziminning asosiy maqsadi – ana shu tizimni saqlab qolish bo‘ldi.

Ushbu nuqtayi nazardan Xitoy tomonidan AQSh obligatsiyalarini soqit qilish – AQShga jiddiy ziyon yetkazmasa-da, dunyo dunyo moliya tizimidan dollarni soqit qilishga qaratilgan yaqqol mayoq bo‘ladi.

Agar yuan, dollarni soqit qilganidan so‘ng, hech kimga keraksiz valyutaga aylanib qolmasa va Xitoy iqtisodiyoti normal ishlashda davom etsa, bu dunyoning eng yirik iqtisodi bo‘lgan Xitoyning dollarga mutanosiblikdan voz kechishga muvaffaq bo‘lganining isbotiga aylanadi. Mana bu esa AQSh uchun har qanday qisqa muddatli o‘sish-kamayishdan ko‘ra kattaroq zarbaga aylanadi. Muammo esa - Xitoy obligatsiyalarni sotishni e’lon qilgan vaqtdayoq boshlanishi mumkin.

Zolotie slitki - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya aholisiga dollar o‘rniga oltin taklif qilindi

Ekspertlardan biri Xitoyning ushbu yo‘lni tanlashiga yaqinda amalga oshirilgan Rossiya tajribasi bo‘lganini ta’kidlamoqda. Moliyaviy konsalting bo‘yicha eng tajribali korxonalardan biri hisoblangan BCA Research mutaxassisi South China Morning Post nashriga shunday degan “Xitoy banklari dollar tizimidan uzib qo‘yilishi mumkin degan tahdidlardan so‘ng, Pekin Rossiya tajribasidan o‘rnak olishi mumkin. Rossiya Markaziy banki AQSh obligatsiyalari hajmini 2011-yilda bo‘lgan 175 millarddan 0 dollargacha tushirdi” va “Pekin Rossiya tajribasi va Rossiya strategiyasidan albatta foydalanadi” deb qo‘shimcha qildi ekspert.

Shu bilan birga Xitoy nafaqat Amerika obligatsiyalaridan voz kechishi, balkim dunyoning yangi moliyaviy qutbiga aylanishga harakat qilishi mumkin. Yaponiyaning Nikkei agentligigi xabariga ko‘ra, 1-sentabrdan boshlab Xitoy  xorijiy investorlarga o‘z ichiki obligatsiyalar bozoriga kirishga ruxsat bergan. Bir qator yirik xorijiy investorlar bunga qiziqish bildirmoqda.

Maslan Shveysariyaning Juliues Baer banki investitsiyalar direktori Iv Bonzon yaqinda o‘z mijozlariga shunday deb yozgan edi: "Biz anchadan beri Xitoy iqtisodiy modeli v uning dunyo iqtisodiyotiga tobora oshib borayotgan ta’siri xitoy aksiyalariga strategik sarmoyalar kiritishni talab qiladi, degan fikrdamiz. Endi bo‘lsa ana shunday nazar bilan Xitoy obligatsiyalar bozoriga ham qarayapmiz. <...>

Banknoti dollarov SShA razlichnogo dostoinstva - Sputnik O‘zbekiston
2021 yilda dollar qulaydi - amerikalik iqtisodchi

Xitoy obligatsiyalariga strategik sarmoyalar kiritishga bir necha sabablar bor. Xitoy davlat obligatsiyalar bozori dunyoda eng yirik bozorlardan biriga aylanmoqda va shu sababli o‘sib borayotgan obligatsiya indekslari qatoriga qo‘shimoqda. Bu o‘z navbatida ushbu obligatsiyalarning likvidligini va shaffofligini belgilaydi. Xitoy iqtisodiy siyosati va Markaziy banki foiz stavkalari o‘z dasturiga asoslangandir. So‘nggi o‘n yillikka qadar Xitoy MB asosan Federal Rezerv siyosatiga amal qilib, uning foiz stavkasiga sinxron ravishda o‘z stavkasini o‘zgaritib kelayotgan edi. Endi bo‘lsa Xitoy diqqat markazi mamlakat ichkarisi tomon yo‘naltirilgan bo‘lib, uning Markaziy banki nafaqat AQSh boshchiligidan ozod bo‘ldi, balkim o‘zi ham qator Osiyo davlatlari iqtisodiyoti uchun o‘rnak bo‘lmoqda". 

Agar vaziyat ana shunday davom etaversa, Amerika Qo‘shma shatalari obligatsiyalar bozori nafaqat dollar chop etishdan, balkim oxirgi 50-yil davomida AQSh iqtisodiga misli ko‘rilmagan moliyaviy ustuvorliklar berib turgan - dunyoning asosiy moliyaviy oqimlarining Xitoy tomoniga oqib ketishidan ham zarar ko‘ra boshlaydi.

Hozircha biz ushbu yo‘lning eng boshida turibmiz, lekin vaziyat ana shunday rivojlanishi Vashingtonni shunchalik qo‘rqitayaptiki, Donald Tramp ham va Jo Bayden jamoasi ham dollarlashgan moliya tizimining kuni bitmasdan turib Xitoyni ham iqtisodiy ham jismoniy yo‘q qilishga mutlaq shay ekanliklarini namoyish qilmoqda. Vashington muammosi shundaki, ushbu "tayyorlik" amerika moliya tizimini saqlab qolish uchun yetarli bo‘lmasligi mumkin. 

Yangiliklar lentasi
0