TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Afg‘onistonning shimoliy-sharqiy qismidagi Panjsher provinsiyasida “Tolibon”* jangarilar hujum uyushtirib, kamida o‘n kishini garovga oldi. Bu haqda Tolo News telekanali xabar qilmoqda.
Provinsiya kengashi rahbari Azmuddin Mirzayening ma’lum qilishicha, hodisa seshanba kuni Abshar tumanida sodir bo‘lgan.
Ta’kidlanishicha, toliblar garovga olinganlarni masjidga olib kelishgan. Xavfsizlik xizmat kuchlari allaqachon masjidni o‘rab olib, odamlarni qutqarishga urinmoqda.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti