Toliblar Tojikiston chegarasi yaqinida hujum uyushtirdi

Obuna bo‘lish
Toliblarning Tojikiston chegarasi yaqinida Afg‘oniston armiyasi kuchlariga qurolli hujumi muvaffaqiyatsizlik bilan yakun topdi.

TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Tojikiston bilan chegarada afg‘on harbiylari toliblar hujumini qaytardi, deb xabar qildi Sputnik Tojikistonga afg‘on milliy armiyasining 217-"Pomir" korpusi matbuot-kotibi.

Boyeviki dvijeniya Taliban - Sputnik O‘zbekiston
Qobul toliblar iskanjasida: Afg‘oniston MOda qanday qilib "tayanch nuqta"ni topa oladi

Terrorchilar 14-avgust kuni 6.30da Badaxshon provinsiyasining Kuf-Ab uyezdi hududida armiya va politsiya kuchlariga hujum uyushtirgan.

Afg‘oniston harbiylari harakatlari natijasida 10 nafar jangari o‘ldirilgan, 6 nafari jarohatlangan, 4 nafari asir olingan.

Jangarilardan 1 ta granatomet, 1ta Kalashnikov avtomati va boshqa qurollar olib qo‘yilgan.

Muvaffaqiyatsiz ishg‘oldan so‘ng, toliblar chekingan. Afg‘oniston armiyasi tomonidan bo‘lgan yo‘qotishlar va/jarohatlanganlar haqida ma’lumotlarga aniqlik kiritilmagan.

Yangiliklar lentasi
0