O‘zbekistonda 329 ta maktab o‘quvchilari uchun o‘z eshiklarini ochdi

© Press-slujba MNOV Uzbekistane posle 6-mesachnogo pereriva segodnya 329 shkoli prinyali svoix uchenikov
V Uzbekistane posle 6-mesachnogo pereriva segodnya 329 shkoli prinyali svoix uchenikov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda ilk bor koronavirus aniqlanganidan so‘ng 16-martdan boshlab bolalar uy sharoitida onlayn tahsil olishni boshlagan edi.

TOShKENT, 7 sen — Sputnik. O‘zbekistonda 6 oy tanaffusdan so‘ng bugun 329 ta maktab o‘quvchilari uchun o‘z eshiklarini ochdi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Bugun, 6 oy deganda 7-sentabr kuni 329 maktab o‘quv dargohini sog‘ingan o‘quvchilar uchun o‘z eshiklarini ochdi”, - deyilgan xabarda.

Sanitariya xizmati markazlari 5-sentabrga qadar maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorlik holatini o‘rganib, jamoaga qo‘shimcha o‘quv-treninglar o‘tkazgan.

Pustoy klass v shkole - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston bo‘ylab maktablar ochilishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda: tafsilotlar

Maktablar faoliyatini yo‘lga qo‘yish yuzasidan tegishli qaror sanitariya epidemiologiya va osoyishtalik markazining xulosasi asosida mahalliy xalq deputatlari kengashlari tomonidan qabul qilinadi.

Yangi 2020/2021 o‘quv yili rasman joriy yilning 14-sentabr kunidan boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, vazirlik tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomada 5 million 500 ming nafar ota-onadan 76 foizi ta’lim jarayonini maktabga qatnagan holda, ya’ni an’anaviy shaklda olib borish tarafdori bo‘lgan, 24 foizi esa masofaviy shaklda – teledarslar orqali davom ettirishni ma’qul ko‘rishgan.

Yangiliklar lentasi
0