TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Minsk markazida Belarus muxolifatining Muvofiqlashtiruvchi kengashi a’zosi Mariya Kolesnikova noma’lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda Sputnik Belarus xabar qilmoqda.
“Biz Mariya (Kolesnikova) bilan aloqaga chiqa olmayapmiz. U aloqaga chiqmayapti”, - deya ma’lum qilgan nashrga Muvofiqlashtiruvchi kengashi a’zosi Maksim Znak.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bugun OAVda siyosatchini ertalab Minsk markazida noma’lum shaxslar mikroavtobusga o‘tqazib, noma’lum tomonga olib ketgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan.
Shuningdek, u Mariya Kolesnikovaning telefoni hozirda ishlmayotganini aytgan. Kolesnikovadan tashqari Ivan Kravsov va Anton Rodnenkovlar aloqaga chiqmayapti.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar bu masala yuzasidan hozircha munosabat bildirmagan. Minsk IIBB, Belarus IIV, Tergov qo‘mitasi, Davlat nazorati qo‘mitasi matbuot xizmatlari Sputnik Belarus nashriga Mariya Kolesnikova qo‘lga olingani haqidagi ma’lumotga ega emasligini ma’lum qilgan.