ArMI-2020: "Snayper chegarasi" tanlovida O‘zbekiston kumush medal oldi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishUcheniya "Sentr-2019" v Tadjikistane
Ucheniya Sentr-2019 v Tadjikistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Snayper chegarasi" musobaqalarida O‘zbekiston merganlari yettita davlat orasida ikkinchi o‘rinni egallashdi.

TOShKENT, 7 sen - Sputnik. "ArMI-2020" Xalqaro armiya o‘yinlarining Belarus Respublikasida bo‘lib o‘tgan "Snayper chegarasi" tanlovida O‘zbekiston jamoasi sharafli 2-o‘rinni egalladi

Ushbu tanlovda 7-mamlakat snayperlari ishtirok etishdi: Belarus, Rossiya, Vyetnam, Armaniston, Tojikiston, Serbiya va O‘zbekiston. So‘nggi bosqich O‘zbekiston snayperlari g‘alabasi bilan tugadi. 

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Belarus jamoasi oltin medal, O‘zbekiston jamoasi kumush medal va Rossiya jamoasi bronza medallar sohibi bo‘lishdi.  

Eslatib o‘tamiz, bu yilgi Armiya xalqaro o‘yinlari 23-avgustdan 5-sentabrga qadar 5 davlat: Rossiya Federatsiyasi, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus va O‘zbekiston respublikalari hududlarida bo‘lib o‘tdi. Jami 30ta konkursdan iborat bo‘lgan musobaqalarda 30 mamlakatdan tashrif buyurgan 160 dan ortiq jamoalar ishtirok etadi.

Musobaqalarning 2tasi O‘zbekiston hududida: “Harbiy-tibbiy estafeta” va “Yo‘l patruli”, 3tasi - Belarusda, Ozarbayjon va Armanistonda - bittadan, qolganlari esa  Rossiya Federatsiyasi hududida o‘tkazilmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0