TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Argentinada Zoom orqali bo‘lib o‘tayotgan onlayn dars vaqtida de la Empresa universtiteti o‘qituvchisi vafot etdi. Bu haqda Clarin nashri xabar qilmoqda.
Hodisa 2-sentabr kuni ro‘y bergan. Nashr ma’lumotlariga qaraganda, talabalar uchun ma’ruza o‘qiyotgan vaqtda 46 yoshli Paola de Simonening nafasi siqila boshlagan. Ko‘p o‘tmay behush bo‘lib vafot etgan.
Ta’kidlanishicha, o‘qituvchi o‘zini yomon his qila boshlagach, talabalar undan tez yordam chaqirish uchun manzilini so‘rashgan. Ammo Simone manzilini ayta olmagan.
Nashrning yozishicha, avgust oyi oxirida Simone o‘zining Twitterʼdagi sahifasida bir oydan buyon unda koronavirus alomatlari kuzatilayotganini ma’lum qilgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Argentinada koronavirus bilan kasallanganlar soni 471 mingdan oshgan. 9739 kishi virus qurboniga aylangan. Hukumat koronavirus tufayli kiritilgan karantinni 20-sentabrga qadar uzaytirishga qaror qilgan.