TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Moskva meri Sergey Sobanin pandemiya va joriy etilgan cheklovlarning poytaxt iqtisodiyotiga ta’sirini baholadi.
Xususan, shahar meri migrantlar o‘rtasida mehnat bozori u qadar qulamaganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bahor oyida qurilishlarning to‘xtab qolishi qisqa muddat davom etgan.
Shuningdek, Sobanin o‘zini o‘zi yakkalash davrida migrantlar o‘rtasida jinoyatchilik o‘sishi qayd etilmaganini qayd etdi.
“Bizda bunday muammo bo‘lgani yo‘q, bu hoynahoy ijtimoiy tarmoqlardagi hozir hammasi qulaydi, va migrantlar talon-taroj, o‘ldirishga yugurishadi degan hayajon va muhokamalar edi”, - dedi u NTV telekanaliga bergan intervyuda.
Mer karantin vaqtida jinoyatchilik aksincha 40 foizgacha tushib ketganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qotillik, bosqinchilik, xonadonlarni tunab ketish va mashinalarni o‘g‘irlab ketish jinoyatlari kamroq sodir etilgan. Faqat firibgarlik sohasidagi jinoyatlar avj olgan.
Sobanin kelayotgan 2020-2021 yil mavsumida Moskvada hech qanday karantin choralari kiritilmasligiga umid bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, Moskvada, xususan, o‘zini o‘zi yakkalash, ruxsatnoma rejimi 9-iyundan bekor qilindi.