Medvedev Rossiyadagi migrantlar bilan bog‘liq vaziyatga baho berdi

© Sputnik / Yekaterina Shtukina / Mediabankka o‘tishZamestitel predsedatelya Sovbeza RF D. Medvedev dal intervyu ID "Komsomolskaya pravda"
Zamestitel predsedatelya Sovbeza RF D. Medvedev dal intervyu ID Komsomolskaya pravda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari koronavirus pandemiyasi sabab migrantlar bilan bog‘liq vaziyat boshqarilsa bo‘ladigan darajada, lekin u xavotirga solishini aytdi.

TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. Rossiyada koronavirus pandemiyasi sabab migrantlar bilan bog‘liq vaziyat boshqarilsa bo‘ladigan darajada, lekin u xavotirga soladi. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev ma’lum qildi.

Medvedevning so‘zlariga ko‘ra, hozirda dunyoning har bir rivojlangan mamlakati jalb qilingan ishchi kuchidan foydalanadi va bu iqtisodiyot uchun muhim. Shu bilan birga, u Rossiyadagi migrantlar moslashgan, rus tilini bilishi shartligi va ko‘chalarda tunamasligi kerakligini ta’kidladi.

Moskva vo vremya rejima samoizolyatsii jiteley - Sputnik O‘zbekiston
Putin Rossiya migrantlar oqimiga muhtojligini aytdi

“Bu qiyin vazifa, biz Xavfsizlik kengashi tomonidan u bilan shug‘ullanayapmiz. Pandemiya, albatta, vaziyatni keskinlashtirdi. Kelganlarning bir qismi ishidan ayrildi, ularni esa uylariga qabul qilishni xohlashmadi. Bu chigal masala. Umuman olganda, vaziyat boshqarilsa bo‘ladigan darajada, lekin u xavotirga soladi”, - dedi u “Komsomolskaya pravda” nashriga bergan intervyusida.

Medvedev Rossiya IIV, FXX va boshqa qator tuzilmalar ushbu masalaga katta e’tibor qaratayotganini ta’kidladi.

Migrantlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarga to‘xtalar ekan, Medvedev jinoyatchilik darajasi o‘tgan yilgidan farq qilmasligini ma’lum qildi.

“Qayerdadir sal ko‘proq, qayerdadir sal kamroq, biroq avj olish yo‘q. Shunchaki vaziyatni nazorat ostiga olish lozim”, - deya hisoblaydi u.

Avvalroq Rossiya IIV xorijlik ishchilar o‘rtasida jinoyatlar 10,9 foizga kamayganini ma’lum qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0