ShHT, MDH va KXShT ilk bor terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha qo‘shma mashg‘ulot o‘tkazadi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishRossiysko-kitayskie ucheniya "Sotrudnichestvo-2019"
Rossiysko-kitayskie ucheniya Sotrudnichestvo-2019 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
ShHT, MDH va KXShT mamlakatlari mudofaa vazirlari terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish borasida kelishib oldilar.

TOShKENT, 6 sen — Sputnik. ShHT, MDH va KXShT mamlakatlari mudofaa vazirlari terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish borasida kelishib oldilar. “Kavkaz-2020” mashg‘ulotlari doirasida ilk marta hamkorlikda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Flagi stran-uchastnis Organizatsii Dogovora o kollektivnoy bezopasnosti: Tadjikistana, Rossii, Kirgizii, Kazaxstana, Belorussii, Armenii i flag ODKB (sprava nalevo) - Sputnik O‘zbekiston
ODKB davlatlari biologik xavfsizlik bo‘yicha hamkorlikni ko‘rib chiqadilar

“Sentabr oxirida “Kavkaz-2020” strategik qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulotlarida terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha hamkorlikdagi vazifalar taklif qilindi", - dedi Shoygu ShHT, MDH va KXShT mamlakatlari mudofaa vazirlari yig‘ilishi yakunida.

Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, mudofaa vazirlari terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashni ustuvor vazifa deb e’lon qilishgan.

Shuningdek, yig‘ilishda biologik xavfsizlikka, jumladan, mintaqaga mansub bo‘lmagan davlatlarning harbiy-biologik faoliyati bilan bog‘liq tahdidlarga qarshi o‘zaro ko‘maklashish bo‘yicha ehtimoliy choralar muhokama qilingan.

Hozircha dastlabki o‘quv mashg‘ulotlari qanday shaklda o‘tkazilishiga aniqlik kiritilmagan.

Yangiliklar lentasi
0