TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Taniqli xonanda Nargiz rossiyalik aktor Mixail Yefremovning suddagi xulq-atvori yuzasidan o‘z munosabatini bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, sud majlislari boshlanmasdan oldin aktorga achingan. Lekin Yefremovning sud majlislarida o‘zini tutishi va jabrlanuvchilarning qarindoshlariga nisbatan qo‘pollik qilganliklaridan keyin achinish fikridan qaytgan.
Nargizning fikriga ko‘ra, Yefremov qamoqda o‘tirishi kerak, chunki u odam o‘ldirgan.
“Uning kasalligi esa – bu jamiyatning muammolari emas, bu birinchi navbatda uning muammolari. Uning yonidagi, atrofidagi kishilarning muammolari ham”, - dedi qo‘shiqchi NTV telekanaliga bergan intervyusida.
Rossiyalik taniqli aktor Mixail Yefremov 8-iyun kuni Moskvada YTH sodir etdi. U o‘z mashinasida qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketib, Lada kichik yuk mashinasiga borib urildi. YTH oqibatida Lada haydovchisi 57 yoshli erkak kasalxonada vafot etdi. Ekspertiza Yefremov spirtli ichimlik ta’siri ostida mashinani boshqarganini aniqlagan. Shuningdek, uning qonida giyohvand moddalari topilgan. Hozirda aktor ustidan sud jarayonlari yakunlanish arafasida. 8-sentabr kuni sud unga o‘z hukmini o‘qib eshittiradi.