Senatning navbatdagi yalpi majlisi 11-sentabr kuni o‘tkaziladi

© SIK UzbekistanaSenat Oliy Majlisa - zal zasedaniy
Senat Oliy Majlisa - zal zasedaniy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu bilan birga, moliya vazirining O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2020-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi to‘g‘risidagi axboroti ko‘rib chiqilishi nazarda tutilgan.

TOShKENT, 5 sen - Sputnik. Oliy Majlisi Senatining yettinchi yalpi majlisini 2020-yil 11-sentabr kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Inostrannie grajdane v ocheredi na daktiloskopicheskuyu registratsiyu, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Pensiya, patent va bilet uchun pul: O‘zbekiston migrantlarni qanday qo‘llab-quvvatlamoqchi

Videokonferensaloqa tarzida o‘tkaziladigan yalpi majlisda bir qator masalalar ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.

Yalpi majlisda, jumladan, quyidagi qonunlar ko‘rib chiqiladi:

- "Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida"gi;

- "Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida"gi;

- "Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash to‘g‘risida"gi;senat

Posadka lesa na visoxshem dne Arala - Sputnik O‘zbekiston
O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish 10-yillik dasturi tuziladi - prezident topshirig‘i

- "Xalq deputatlari Kengashlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida"gi;

- "Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlardan va o‘rmon fondi yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi;

- "O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi.

Shu bilan birga, moliya vazirining O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2020-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi to‘g‘risidagi axboroti ko‘rib chiqilishi nazarda tutilgan.

Yangiliklar lentasi
0