O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish 10-yillik dasturi tuziladi - prezident topshirig‘i

Obuna bo‘lish
O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish - O‘zbekistonning iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik hamda turistik sohalarining rivojlanishiga olib keladi.

TOShKENT, 4 sen - Sputnik. O‘zbekistonda o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha 10-yillik dastur loyihasini takomillashtiriladi. Bu haqida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib  o‘tgan o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish islohotlariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tildi.

Yig‘ilishda aytilishiga ko‘ra, o‘rmon xo‘jaligi O‘zbekiston iqtisodiyotida va ekologiyani yaxshilashda juda muhim o‘rin tutadi. Shuning uchun ushbu sohaga so‘nggi yillarda alohida e’tibor qaratilmoqda. 

Xususan, o‘rmon fondi yerlari 12 million gektarga yetkazildi, jumladan, Orol dengizining 1,2 million gektar qurigan tubida ixota daraxtzorlari barpo etildi. Oborotdan chiqib ketgan 10 ming gektar o‘rmon xo‘jaligi yerlari o‘zlashtirildi, 5 yarim ming gektarda yong‘oq, 4 ming gektarda oziq-ovqat ekinlari va dorivor o‘simliklar plantatsiyalari tashkil etilib, 3 mingta yangi ish o‘rni yaratildi. O‘rmon xo‘jaliklarida birinchi marotaba 64 ta biolaboratoriya tashkil etilgan,- deyilgan xabarda.

Shu bilan bir vaqtda, ayni damda samarali foydalanilmayyotgan yerlar ham ko‘pligi qayd etildi. Xususan Qorako‘l, G‘ijduvon, Shahrisabz, Kitob, Pop, Chortoq, Nurobod, Qo‘shrabot, Nurota, Baxmal, Forish, Uzun, Boysun, Ohangaron, Bekobod tumanlarida o‘rmon xo‘jaligidagi ishlar tanqid qilindi.

Novie doma v Dushanbe - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda o‘rmon xo‘jaligi xodimlari uchun arzon uy-joylar quriladi

Undan tashqari, pillachilik ozuqa bazasini ko‘paytirish maqsadida fermer xo‘jaliklarida 2 ming gektar, kelgusi yilda 2,5 ming gektarga tut ko‘chatlari ekish rejalashtirildi.

Shuningdek, kelgusi yili dorivor o‘simliklar plantatsiyalarini 5 ming gektarga yetkazish va hosilni 8 ming tonnagacha oshirish zarurligi aytildi. O‘tgan yili ushbu plantatsiyalar 2 ming gektarga yetkazilgan edi. 

Undan tashqri yig‘ilishda o‘rmon xo‘jaligi sohasidagi kadrlar malakasini oshirish, sohaga investitsiyalar va xalqaro jamg‘armalar mablag‘larini jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirishga qaratilgan majlisning batafsil bayonoti bilan quyida tanishing. 

Yangiliklar lentasi
0