O‘zbekistonda ommabop nashrlarga asos solgan inson - Behzod Zokirov olamdan o‘tdi

CC0 / / Svecha
Svecha  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Erudit" ijodiy markazi rahbari, sobiq hokim Behzod Zokirov vafot etdi. Bu haqda uning yaqinlari ma’lum qilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, unda koronavirus alomatlari bo‘lgan

TOShKENT, 3 sen - Sputnik. "Erudit" ijodiy markazi rahbari, Kattaqo‘rg‘on shahrining sobiq hokimi Behzod Zokirov vafot etdi. Bu haqda uning yaqinlari ma’lum qilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, unda koronavirus alomatlari bo‘lgan.

Zaslujeniy artist Uzbekistana Fatxulla Ma’sudov - Sputnik O‘zbekiston
“Yovuz koronavirus tufayli bizni tark etdi” - Madaniyat vaziri Ma’sudov haqida

"Erudit", "Bekajon", "Erudit-Sport", "Ledi" kabi gazetalar Behzod Zokirovning tashabbusi bilan yaratilgan va elga singgan edi.

"Hayotimda ustozlarim ko‘p. Maktabdagi ustozlar qanday ilm bergan bo‘lishsa, Behzod Zokirov hayot maktabidagi ENG qat’iyatli, ENG zukko, ENG tadbirli ustoz edi. Ammo hayot O‘tkir Hoshimov, Tohir Maliklar qatorida bu kishini ham oramizdan olib, yuragimizga solib ketdi... Ammo hayot abadiy. Yaxshilar nomi o‘chmaydi. Behzod aka haqida ko‘p narsa aytish mumkin. Afsuski, so‘zga, ta’riflarga, g‘ayrati ichiga sig‘mas inson Yaratganning dargohiga ketdi. Yaqinlariga, do‘stlariga, u kishi bilan bir safda ishlagan hamkasb shogirdlariga chuqur hamdardlik bildiraman", - deya ijtimoiy tarmoqlarda hamdardlik bildirgan ijodkorlardan biri Xoliyor Safarov.

2020 yil 3-sentabr soat holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 42 635 nafarni tashkil etmoqda. Qurbonlar soni 329 nafarga yetgan.

Ayni paytda 39 883 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Mamlakatda 2 421 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 365 nafari og‘ir, 176 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Yangiliklar lentasi
0