“Yovuz koronavirus tufayli bizni tark etdi” - Madaniyat vaziri Ma’sudov haqida

© Press-slujba Minkulturi UzbekistanaZaslujeniy artist Uzbekistana Fatxulla Ma’sudov
Zaslujeniy artist Uzbekistana Fatxulla Ma’sudov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“... fidoyi san’atkorimiz ham yovuz koronavirus tufayli ayni qizg‘in faoliyat pallasida, 57 yoshida bizni tark etdi”, - deya yozgan Ozodbek Nazarbekov.

TOShKENT, 31 avg — Sputnik. Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Fatxulla Ma’sudov vafoti munosabati bilan ta’ziya izhor etdi.

“Ming afsuslar bo‘lsinki, shu kungacha O‘zbek Milliy akademik drama teatri direktori lavozimida ishlab kelayotgan O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, “Shuhrat” medali, “Mehnat shuhrati ordeni” sohibi bo‘lgan fidoyi san’atkorimiz ham yovuz koronavirus tufayli ayni qizg‘in faoliyat pallasida, 57 yoshida bizni tark etdi”, - deya yozgan vazir Instagram᾽dagi sahifasida.

Nazarbekov Fatxulla Ma’sudov nafaqat mahoratli aktor, balki samimiy do‘st, mehribon, jonkuyar rahbar sifatida juda qadrli bo‘lganini e’tirof etgan.

Kupol mecheti - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Fatxulla Ma’sudov vafot etdi

“Jamoadoshlariga bo‘lgan mehr-oqibati barchaning ko‘nglida ezgulik chirog‘ini yoqqan ijodkorning o‘limi kasbdoshlari uchun og‘ir yo‘qotish bo‘lganini his etish naqadar alamli. Ammo bevafo dunyoning eng og‘ir musibati — o‘limga davo yo‘q ekan”, - deydi madaniyat vaziri.

“Aziz insonimizning porloq xotirasi qalblarimizda mangu yashaydi”, - deya so‘zlarini yakunlagan u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Fatxulla Ma’sudov 57 yoshida bu yorug‘ olamni tark etgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0