TOShKENT, 3 sen - Sputnik. Munxendagi bozorlar integratsiyasi hamda iqtisodiy siyosat instituti kichik iqtisodchisi Yuriy kofner Sputnik muxbiri bilan bo‘lgan suhbatda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari yagona valyuta joriy etilishidan qanday yutuq va yo‘qotishlar ko‘rishi mumkinligini aytib berdi.
Mutaxassis fikriga ko‘ra, yagona valyuta joriy etilishi birinchi o‘rinda mamlakatlar orasidagi savdoga ta’sir qiladi, chunki xalqaro transaksiyalar uchun olinadigan xarajatlar yo‘qoladi.
“Masalan, 2019-yilda YeOII davlatlari orasida o‘zaro savdoning 26%i dollar va yevroda amalga oshirilgan. Bu asosan energiya manbaalari uchun to‘lovlar. Ikkinchidan, Itifoqning ichki savdosida ham sezilarli assimetriya (bir tomonga og‘ish) mavjud: Rossiya asosiy eksport qiluvchi boshqa davlatlar esa – asosan Rossiyadan import qilish bilan shug‘ullanadi. Energiya manbaalari savdosini hisobga olmaganda ham, ittifoqdoshlarning Rossiya bilan tovar almashuv balansi ham salbiydir”, - deydi Kofner.
Shu o‘rinda Kofner Yevropa Ittifoqining tajribasini keltirib o‘tdi. U yerda yagona valyuta kiritilganidan so‘ng iqtisod hajmi kichik bo‘lgan mamlakatlar savdo-sotiqda yuzaga kelgan assimetriyani valyuta kurslari yordamida muvofiqlashtirish imkoniyatidan mahrum bo‘lishgan edi. Buning oqibatida Evropa Ittifoqining janubiy mamlakatlari iqtisodi kasodga uchragan edi.
Shu bilan bir vaqtda, ekspert Ittifoq doirasida dollardan voz kechish muhimligini, uning o‘rniga yagona to‘lov birligi, yoki elektron to‘lov tizimi joriy etilishi kerakligini ta’kidladi. Ittifoq to‘lov tizimi xalqaro to‘lov tizimlariga bog‘liq bo‘lmasiligi mumkinligi ham aytib o‘tildi. Misol uchun Rossiyaning "MIR" to‘lov tizimi asosida tashkil qilish mumkin, dedi ekspert.
Ekspert fikriga ko‘ra, YeOIIda yagona valyuta tizimi tashkil qilishdan oldin Ittifoq Markaziy banklari orasida o‘zaro kliring tizimini tashkil qilish kerak. Shuningdek, kelishilgan makroiqtisodiy konvergensiyani jiddiy ravishda buzgan Ittifoq a’zolariga nisbatan sanksiyalar ham joriy etilgan bo‘lishi kerak.
Albatta, yagona valyuta joriy etishdan oldin bank, sug‘urta va birja sohalarida YeOIIning yagona bozorlari tashkil qilingan bo‘lishi kerak.
Yuriy Kofner hisob-kitobiga ko‘ra, YeOII hududida yagona valyuta joriy etilishi o‘zaro savdo-sotiq hajmini 6%ga va a’zo davlatlar YaIMini 0,1%ga oshirgan bo‘lar edi. "Bu albatta yomon emas, lekin boshqa tomondan qaraganda unchalik ko‘p ham emas", - deydi ekspert.
Mutaxassis to‘liq fikrini Sputnik podkastida tinglang.