TOShKENT, 3 sen — Sputnik. Qirg‘izistonliklarning o‘z sog‘lig‘iga yuzaki munosabati tufayli mamlakatda sentabr oxirida koronavirus bilan yoppasiga kasallanish holatlari yana boshlanishi mumkin, dedi Qirg‘iziston bosh vaziri Kubatbek Boronov respublika shtabi kengashida.
"Mutaxassislar prognozlari bo‘yicha, noyabrda COVID-19 epidemiyasi ikkinchi to‘lqini yuzaga kelishi mumkin. Aholimizning o‘z salomatligiga nisbatan bunday munosabati bilan ommaviy kasallanish holati sentabr oxiriga kelib boshlanishi mumkin. Bu ko‘pincha, jamoat transportida sanitariya-epidemiologiya normalariga amal qilinmayotgani, kafe va restoranlar esa tashrif buyuruvchilarga to‘laligi bilan izohlanadi. Fuqarolar tantanalar va dafn marosimlarini o‘tkazishni boshlaganlar. Kafe va restoranlar egalari 3 ming som jarima to‘lab, katta mamnuniyat bilan mehmonlarni kutib olishda davom etishmoqda. Hammamiz tushunamiz, restoran biznesi zarar ko‘rmoqda, ammo ommaviy infeksiyalanish holatlari takrorlanishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz", - deb aytgan Boronov.
Qirg‘iziston Bosh vaziri tantanali tadbirlar va dafn marosimlarini kafelarda va restoranlarda o‘tkazganlik uchun jazo choralarini kuchaytirishni, shuningdek, odamlar ko‘p to‘planadigan joylar va transportda reydlarni kuchaytirishni taklif etgan.