Tetik, sog‘lom va faol: Rossiyaning koronavirus vaksinasi keksalarda sinovdan o‘tdi

© RFPI i sentra imeni Gamalei / Mediabankka o‘tishPervaya v mire vaksina ot koronavirusa
Pervaya v mire vaksina ot koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni paytda, preparat barcha ruxsatnomalarni olgan va 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan ko‘ngillilarda tadqiqotlarning ikki bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan

TOShKENT, 2 sen — Sputnik. Gamaleya nomidagi epidemiologiya va mikrobiologiya milliy tadqiqot markazining keksa xodimlari COVID-19ga qarshi emlandilar. Ular o‘zlarini yaxshi his qilishmoqda, deya ta’kidlaydi rossiyalik olimlar.

Sotrudnik laboratorii Nauchno-issledovatelskogo instituta skoroy pomoshi imeni N. V. Sklifosovskogo derjit konteyneri s biomaterialom dlya proverki na nalichie novoy koronavirusnoy infeksii. - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 1 milliondan oshib ketdi

"10-15 kishi, undan kam emas. Ularning barchasi tetik, sog‘lom, faol, ma’ruzalar o‘qib, bemorlarni boshqarishmoqda, sport bilan shug‘ullanmoqdalar. Vaksinatsiya ularga hech qanday ta’sir ko‘rsatmadi", — dedi RIA Novostiga Gamaleya markazi direktori Aleksandr Ginsburg.

U bir necha oy oldin koronavirusga qarshi vaksinatsiyadan o‘tganini va o‘zini yaxshi his qilayotganini ta’kidladi. Aytgancha, uning yoshi 68da.

Ginsburgning aytishicha, vaksina ro‘yxatdan olingandan keyingi sinovlardan o‘rin olgan masalalardan biri tadqiqotlar va yoshi 60, 70, 80dan o‘tgan ko‘ngillilarda sinovlarni o‘tkazishdan iborat. Ularni moskvaliklar orasidan saralashadi.

Rossiya pervoy v mire zaregistrirovala vaksinu ot koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirusga qarshi vaksinaning "foydasi yo‘qligiga" ishonmang - BSST

"Umid qilamanki, sizga hozir aytganlarim rasman tasdiqlanadi va vaksina 70, 80 yoshdagi va hatto undan yuqori bo‘lgan yosh toifasiga ega odamlar orasida qo‘llanilish uchun ruxsatnomaga ega bo‘ladi", — dedi olim.

Ayni vaqtda preparat barcha ruxsatnomalarni olgan va 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan ko‘ngillilarda ikki bosqichdagi tadqiqotlarni muvaffaqiyatli o‘tgan.  Natijada immun javob va SARS-CoV-2ga antitanachalar shakllangan.

Ro‘yxatdan olingandan keyingi klinik sinovlar fazasi ushbu haftada start olmoqda: vaksina 40 ming kishida tekshiriladi.

Aleksandr Ginsburgning aytishicha, ushbu bosqichdagi ishtirokchilar ortidan shifokorlar qat’iy nazorat olib boradilar: ularni gospitalizatsiya qilishmaydi, ammo tadqiqotlar oldidan/vaqtida/keyin bo‘lgan barcha tahlillar olinadi. Shuningdek, ko‘ngillilar o‘zlarida noxush o‘zgarishlar yuz beradigan bo‘lsa u haqda tibbiyot xodimlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xabar berishlari mumkin bo‘lishi uchun, elektron monitoring o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Sotrudnitsa laboratorii provodit ispitaniya vaksini ot COVID-19 v sentre epidemiologii i mikrobiologii imeni N. F. Gamalei. - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasini 27ta davlat xarid qilishni istayapti

Koronavirusga qarshi Rossiya vaksinasi

Eslatib o‘tamiz, avgust oyi boshida Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi Rossiya to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar fondi ko‘magida Gamaleya nomidagi markaz mutaxassislari tomonidan ishlab chiqarilgan COVID-19 ga qarshi dunyodagi birinchi vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazgan edi. Preparat "Sputnik-V" nomini oldi.

Hozirda 20dan ortiq mamlakatlardan "Sputnik-V" vaksinasiga milliard dozada talab kelib tushgan. Rossiya beshta mamlakatda preparatni ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Mavjud quvvatlar yiliga besh yuz million dozagacha vaksina ishlab chiqarish imkoniga ega.

Yangiliklar lentasi
0