TOShKENT, 3 sen — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rahbari Abdulaziz Kamilov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Rossiya TIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, tomonlar oliy va yuqori darajalardagi, jumladan, O‘zbekiston raislik qilayotgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi shaklidagi hamda Rossiya raisligida ShHT doirasidagi qo‘shma tadbirlarga tayyorgarlik jarayoniga e’tibor qaratdilar.
Vazirlar, shuningdek, bu yilgi uchrashuvlar doirasidagi har ikki tomonning vazifalarini ham belgilab olishdi: O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari rahbarlari darajasidagi Qo‘shma komissiya ikkinchi majlisi va ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 21-yig‘ilishi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Rossiya TIV rahbarlari hamkorlik istiqbollarini muhokama qilgani xabar qilingan edi.