Kamilov va Lavrov koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovOtkritie filiala MGIMO v Tashkente
Otkritie filiala MGIMO v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
22 aprel kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovning Rossiya Federatsiyasi tashqi siyosat idorasi rahbari Sergey Lavrov bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

TOShKENT, 22 apr — Sputnik. Bugun, 22-aprel kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovning Rossiya Federatsiyasi tashqi siyosat idorasi rahbari Sergey Lavrov bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Videokonferensiya glavi MID RF S. Lavrova v ramkax zasedaniya s uchastnikami Fonda im. A. M. Gorchakova  - Sputnik O‘zbekiston
Sergey Lavrov YeOII nomiga yog‘dirilayotgan tanqidlarga javob qaytardi

Vazirlar ikki tomonlama munosabatlarning siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda jadal rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

O‘zbekiston prezidentining rejalashtirilgan muddatda Rossiya Federatsiyasiga amalga oshiradigan davlat tashrifiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar oliy darajadagi tadbir kun tartibini shakllantirish hamda ikki tomonlama hujjatlarni kelishish bo‘yicha ishlarni davom ettirishga kelishib oldilar.

Tashrif yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasining har tomonlama strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklaratsiyaning imzolanishi muhimligi ta’kidlandi.

Vizit ministra glavi MID RF S. Lavrova v SShA - Sputnik O‘zbekiston
Lavrov COVID-19 pandemiyasining yuzaga kelishi versiyalari haqida fikr bildirdi

O‘zbekistonning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga raisligi doirasida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi kelgusidagi hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Vazirlar Rossiya Federatsiyasi va Markaziy Osiyo tashqi siyosat idoralari rahbarlarining navbatdagi uchinchi “RF + C5” shaklidagi uchrashuvini o‘tkazish masalalari yuzasidan ham fikr almashdilar.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari dunyodagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qildilar. Kasallikning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish masalalarida yaqin hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

Yangiliklar lentasi
0