Ko‘rib, lol qolasiz: yovvoyi tabiatdagi mehr – hayvonlar bir-birini o‘limdan qutqarmoqda

CC0 / pixabay / Tigr
Tigr - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yovvoyi tabiat kutilmagan voqealarga to‘la, ba’zan shunday bo‘ladiki, hatto hayvonlar ham boshqa hayvonlarga nisbatan mehr namoyon etadilar

Insoniy mehr-oqibat hayvonlarga ham xosmi, yoki ular tomonidan amalga oshirilganlari shunchaki tasodif va tabiiy instinktlarmi? Shu videoni tomosha qilgach, har kim o‘zi uchun xulosa chiqaradi, degan umiddamiz.

Birinchi videoda bir qarg‘a hayvonot bog‘i hovuzida tiqilib qolgani aks etgan. Qush ayiq singari badjahl jonivorning qo‘liga tushgan edi. Qarg‘a qanotlari ivib qolgani tufayli, ucha olmasdi, ammo maymoqvoy unga yordamga keldi, suvdan chiqardi va so‘ngra o‘z ishlari bilan boshqa joyga ravona bo‘ldi.

Videoda uloqchani qutqarayotgan cho‘chqa bolasini, kiyiklarni o‘lim changalidan saqlab qolish uchun timsohlarga jang e’lon qilgan begemotlarni ham ko‘rish mumkin.

Ammo oxirgi ikki videoni ko‘rib, chindan lol qolasiz.

Domashnyaya koshka smotrit v okno na ulichnuyu koshku - Sputnik O‘zbekiston
Ikki mushuk cho‘loq itni yo‘ldan o‘tkazib qo‘ydi – internet foydalanuvchilari hayratda

Videolarning birida babuinlar ohuga ko‘z olaytirgan qoplonni quvayotganini ko‘rish mumkin. Qoplon ohuning bo‘yniga chang solgan va tushlik qilishga sanoqli soniyalar qolmoqda, ammo shu payt ikkita maymun paydo bo‘ladi. Babuinlar qoplonga yaqinlashib, aftidan, uni qo‘rqitishadi, shundan so‘ng yirtqich ohuni tashlab, qochib ketadi. Ohu, hayriyatki, yaralanmagan ekan, tezda ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi.

Oxirgi videoda urg‘ochi sher bug‘u bolasini boshqa bir sherdan qutqaradi. Sher bug‘uchaga va urg‘ochi sherga hamla qiladi, ammo maqsadiga erisholmagach, jangni to‘xtatadi. Ehtimol, urg‘ochi sher o‘z tushligini boshqa bilan bo‘lishishni istamagandir, ammo u shunchaki olijanoblik qilib, kichkintoy hayotini saqlab qolgan bo‘lishi ham mumkin.

Yangiliklar lentasi
0