TOSHKENT, 28 iyul — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda ikki mushuk jarohatlangan itga yoʻldan oʻtishiga yordam bergani aks etgan video tarqalmoqda.
"Moskovskiy komsomolets" yozishicha, bu holat Krasnodar oʻlkasi trassasida kechasi sodir boʻldi.
Mash Telegram-kanalda joylashtirilgan videoda haydovchi yoʻlda qandaydir hayvonlarni koʻrib qoladi va darhol avtomobilni toʻxtatadi.
Mashina ularga yaqinlashganda, hammasi ayon boʻldi – ikki mushuk choʻloq itga yoʻldan oʻtishiga yordam bergan ekan.
“Butun boshli delegatsiya ekan... qarang, uni qoʻriqlashmoqda! U ehtimol nogiron boʻlsa kerak”, - deydi haydovchi kadr ortidan.
Video internet foydalanuvchilarini hayratda qoldirdi. Koʻpchilik “bu it va mushuk oʻrtasida oʻzaro yordam boʻlsa kerak”, degan izoh yozishgan.