Oktabrdan boshlab bir milliondan oshiq kontingent emlanadi

© Sputnik / Aleksandr Kondratuk / Mediabankka o‘tishMeditsinskiy rabotnik delayet ukol
Meditsinskiy rabotnik delayet ukol - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oktabr oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘yicha besh yuz mingdan ziyod o‘qituvchilar bepul emlanishi ko‘zda tutilgan.

TOShKENT, 2 sen - Sputnik. 2020-yilning 1-oktabridan boshlab, O‘zbekiston bo‘yicha 516174 nafar o‘qituvchi emlanishi ko‘zda tutilgan.

Proizvodstvo vaksini ot COVID-19  - Sputnik O‘zbekiston
To‘qqizta vaksina: O‘zbekiston koronavirusga qarshi emlash dasturiga qo‘shildi

Bu haqda AOKA huzuridagi shtabda o‘tkazilgan brifingda Toshkent shahar SEOM immunoprofilaktika bo‘limi mudirasi Vazira Mutalova ma’lum qildi.

Shuningdek, 223 426 nafar MTM xodimlari, 534 ming nafar tibbiyot xodimlari, jami — 1 million 273 600 nafar kontingent grippga qarshi emlanishi ko‘zda tutilgan. Buning uchun 1,5 milliondan ortiq doza vaksina kerak bo‘lishi ta’kidlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq O‘zbekistonda barcha maktab o‘qituvchilari grippga qarshi bepul emlanishi haqida xabar berilgan edi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi har bir ta’lim muassasasiga borgan holda xodimlarni emlash o‘tkazishni va tegishli sog‘liqni saqlash muassasalarini vaksina va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash choralarini ko‘radi.

Yangiliklar lentasi
0