Boshqaning o‘rniga imtihonga kirmoqchi bo‘lgan abituriyent imtihondan chetlashtirildi

© Press-slujba xokimiyata Buxarskoy oblastiPodgotovka obyektov dlya sdachi vstupitelnix ekzamenov
Podgotovka obyektov dlya sdachi vstupitelnix ekzamenov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
1 nafar abituriyentning tana harorati baland bo‘lganligi uchun testga kiritilmadi va dalolatnoma tuzildi.

TOShKENT, 2 sen - Sputnik. Test sinovlarining 1-kuni 1-smenada 37 nafar abituriyent testdan chetlashtirildi, deb xabar qildi AOKAda o‘tkazilgan brifingda DTM direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov ma’lumot berib o‘tdi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Studenti - Sputnik O‘zbekiston
Magistraturaga kirish imtihonlari 8-20 sentabr kunlari o‘tkaziladi

1-smena 59250 nafar abituriyent test topshirishi rejalashtirilgan edi. Shundan 55767 nafari ishtirok etdi. 3474 nafar abituriyent turli sabablarga ko‘ra testga kelmadi.

1 nafar abituriyentning tana harorati baland bo‘lganligi uchun testga kiritilmadi va dalolatnoma tuzildi.

8 nafar abituriyent kirish joyida test sinovlaridan chetlashtirildi. Xususan, ularning 4 nafari telefon, 1 nafari shpargalka, 2 nafari boshqa abituriyent o‘rniga kirmoqchi bo‘lgan, 1 nafari hujjatni soxtalashtirgani uchun chetlashtirilgan.

Test sinovlari jarayonlarida tartib-qoidani buzganligi uchun 29 nafar abituriyent testdan chetlashtirildi. Jumladan, ularning 26 nafari telefon va boshqa turli elektron vositalardan foydalangani uchun, 1 nafari shpargalka, 1 nafari kalkulyator va 1 nafari soxta hujjat bilan testga kirgani uchun chetlashtirildi.

Yangiliklar lentasi
0