TOShKENT, 2 sen — Sputnik. O‘zbekistonda magistraturaga kirish imtihonlari 8-20 sentabr kunlari o‘tkaziladi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar qilmoqda.
“2020/2021 o‘quv yili qabulida respublika oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga kirish imtihonlari karantin talablariga qat’iy rioya qilingan holda 2020-yil 8-20 sentabr kunlari o‘tkaziladi”, - deyilgan xabarda.
Bu O‘zbekiston ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 3-son majlisi bayoni qarorida belgilab qo‘yilgan.
Xabarda imtihonlar test sinovi tarzida kompyuterda onlayn olinishi qo‘shimcha qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston OTMlarida 2-sentabrdan rasman yangi o‘quv yili boshlangani xabar qilingan edi.