Maxsus komissiya restoran, kinoteatr va masjidlar faoliyatiga ruxsat berdi

© AP Photo / Sakchai LalitPosetiteli restorana vo vremya soblyudeniya distansii v Bangkoke
Posetiteli restorana vo vremya soblyudeniya distansii v Bangkoke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Maxsus komissiya 5-sentabrdan boshlab restoran, kinoteatr, istirohat bog‘lari va masjidlar faoliyatiga ruxsat berdi. Shuningdek yo‘nalishli taksilar faoliyatiga ham ruxsat berildi.

TOShKENT, 1 sen - Sputnik. Respublika Maxsus komissiyasi 5-sentabrdan boshlab restoran, kinoteatr, istirohat bog‘lari va masjidlar faoliyatiga ruxsat berdi.

Ushbu muassasalar o‘z faoliyatini quyidagi talablarga rioya qilgan holda olib borishi kerak: 

Restoran, kafe, oshxona, choyxonalar:

➖ banketlar va boshqa ommaviy tadbirlarni o‘tkazishga yo‘l qo‘ymaslik;
➖ stollar oralig‘idagi 2 metrdan kam bo‘lmagan ijtimoiy masofani ta’minlash;
➖ bir stol atrofida 4 kishidan ko‘p bo‘lmagan (oila a’zolari bundan mustasno) mijozlarni joylashtirish;
➖ xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqopda bo‘lishi;
➖ har bir mijozdan keyin stol va boshqa jihozlarning yuza qismini dezinfeksion vositalar bilan tozalash;
➖ bino va xonalarga, shuningdek, havo aylantirish tizimiga zararsizlantirish anjomlarini (ultrabinafsha lampalar va b.) o‘rnatish.

Teatr va kinoteatrlar:

➖obyektning havo aylantirish tizimiga zararsizlantirish anjomlarini (ultrabinafsha lampalar va b.) o‘rnatish;
tashrif buyuruvchilarni ijtimoiy masofani saqlagan holda joylashtirish hamda tibbiy niqobda bo‘lish (zarur hollarda tadbir 2 soatdan ziyod davom etganda niqobni bepul almashtirish);
➖obyektlarning kirish-chiqish joylarini pirometrlar, dezinfeksion “to‘shaklar”, antiseptik vositalari bilan jihozlash, ularga kirishda har bir tashrif buyuruvchilarning tana haroratini o‘lchab, 370S va undan yuqori bo‘lgan yoxud infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan holatda kiritmaslik;
➖har bir seansdan keyin o‘rindiq va boshqa jihozlarning yuza qismini dezinfeksion vositalar bilan tozalash;
xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqopda bo‘lishi;

Parklar va istirohat bog‘lari:

➖tashrif buyuruvchilarni ijtimoiy masofani saqlagan holda navbatda turishini ta’minlash;
➖attraksionlarning yuza qismini har soatda yoki har bir foydalangandan so‘ng dezinfeksion vositalar bilan tozalash;
➖attraksiondan foydalanishda ijtimoiy masofani saqlash;
➖xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqopda bo‘lishi;
➖bino va xonalarga, shuningdek, havo aylantirish tizimiga zararsizlantirish anjomlarini (ultrabinafsha lampalar
va b.) o‘rnatish (yopiq binolardagi attraksionlar faoliyati uchun).

Masjidlar va ibodatxonalar (juma va shanba-yakshanbalik diniy xizmatlar) amalga oshirishda:

➖jamoaviy ibodatni o‘tkazish uchun tashrif buyuruvchilar o‘rtasida ijtimoiy masofani ta’minlash;
➖diniy tashkilotlar xodimlari va tashrif buyuruvchilarning tibbiy niqobda bo‘lishi;
➖sanitariya-gigiyena va dezinfeksiya talablariga qat’iy rioya etish, bino xonalarni doimiy ravishda dezinfeksiya qilish, ularga kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion “to‘shak”lar bilan jihozlash;
➖har bir diniy ibodatdan keyin bino (xona) va undagi jihozlarning yuza qismini dezinfeksion vositalar bilan tozalash;
➖bino va xonalarga, shuningdek, havo aylantirish tizimiga zararsizlantirish anjomlarini (ultrabinafsha lampalar va b.) o‘rnatish.
➖tana harorati 370S va undan yuqori bo‘lgan yoki infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan tashrif buyuruvchilarni kiritmaslik;
➖diniy tashkilotlarga kirish va chiqish joylarida aholining to‘planishiga qat’iy yo‘l qo‘ymaslik;

Undan tashqari, Maxsus komissiya 2020-yil 5-sentabrdan boshlab yo‘nalishli taksi faoliyatiga ruxsat bergan. Yo‘nalishli taksi xizmati tashkil qiluvchilar quyidagi talablarga amal qilishi kerak:

  • Yo‘nalishli taksida (“Damas” rusumli yengil avtomobillari bundan mustasno) yo‘lovchi tashish faoliyatiga. Bunda ushbu obyektlar quyidagi sanitariya talablariga rioya etishi talab etiladi:
  • Yo‘nalishli taksi faoliyati davomida karantin qoidalariga rioya etgan holda har qatnovga chiqishdan oldin haydovchilarning tana harorati pirometrlarda o‘lchanib, 37oS va undan yuqori bo‘lgan holatda ularning transport vositasini boshqarishiga yo‘l qo‘ymaslik, ularning tibbiy niqob va qo‘lqopda bo‘lishini ta’minlash;
  • Yo‘nalishli taksida yo‘lovchilarning tibbiy niqobda bo‘lishini, tibbiy niqob bo‘lmagan holatda ularning transport vositasiga chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik;
  • Transport vositasi doimiy ravishda har qatnovga chiqishdan oldin (shu jumladan, har bir o‘rindiqni) to‘liq dezinfeksiyadan o‘tkazilishini ta’minlash.

Eslatib o‘tamiz, 15-avgustdan Toshkentda yo‘nalishli avtobuslar harakatiga, 17 avgustdan masjidlar va ibodatxonalar faoliyatiga ruxsat berilgan edi. Faqat u yerda juma namozlari va boshqa ommaviy tadbirlarni o‘tkazish mumkin emas edi. 

Yangiliklar lentasi
0