BSST rahbari normal hayotga qaytish uchun zarur bo‘lgan 4ta tavsiyani berdi

© United States Mission GenevaFlag Vsemirnoy organizatsii zdravooxraneniya (VOZ)
Flag Vsemirnoy organizatsii zdravooxraneniya (VOZ) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Koronavirus pandemiyasi yaqin ikki yil davomida tugamaydi, insoniyat bu muammo bilan yashashga o‘rganishi, zarur choralarni ko‘rishi lozim. Shunday sharoitda davlatlar qaysi shartlar asosida ochilishi mumkin. BSST rahbari shu haqda gapirdi

TOShKENT, 1 sen — Sputnik. Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti direktori Tedros Adxanom Gebreyesus mamlakatlar normal hayotga qaytish uchun amalga oshirishlari lozim bo‘lgan to‘rtta asosiy qadamlarni sanab o‘tdi. U bu haqda Jenevada o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi. Tadbir videosi tashkilotning YouTube-sahifasida e’lon qilingan.

Rossiya pervoy v mire zaregistrirovala vaksinu ot koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirusga qarshi vaksinaning "foydasi yo‘qligiga" ishonmang - BSST

Gebreyesus o‘z bayonotida BSST karantindan so‘ng davlatlar ochilishini qo‘llab-quvvatlashini, ammo falokat yuz bermasligi uchun xavfsizlik choralariga amal qilish muhimligini qayd etdi.

"BSST iqtisodlar va hamjamiyatlar ochilishi bo‘yicha urinishlarni to‘laligicha qo‘llab-quvvatlaydi. Biz, bolalar maktablarga, odamlar esa - o‘z ish joylariga qaytishlarini ko‘rishni istaymiz. Ammo biz bu ishlar xavfsiz bir sharoitda amalga oshayotganini ko‘rmoqchimiz. Davlatlar virusni qanchalik ko‘p nazorat qilsa, ular shu qadar ko‘p ochilishlari mumkin. Nazoratsiz ochilish - bu falokat retseptidir", — deya ta’kidladi u.

Shundan so‘ng Gebreyesus normal hayotga qaytish oldidan bajarilishi zarur bo‘lgan to‘rtta asosiy qadamni sanab o‘tdi:

- odamlar orasida virus yuqishini cheklash. Bu singari yuqishlar ko‘pincha ommaviy tadbirlarda, shu jumladan, tungi klublarda, stadionlarda, yirik diniy yig‘ilishlarda;

Proizvodstvo vaksini ot COVID-19  - Sputnik O‘zbekiston
To‘qqizta vaksina: O‘zbekiston koronavirusga qarshi emlash dasturiga qo‘shildi

- virus xavfi yuqori bo‘lgan guruhlarni ular orasida o‘lim holatini qisqartirish himoyalashni kuchaytirish muhim;

- har bir inson jamoatchilik xavfsizligiga o‘z hissasini qo‘shishi kerak, ya’ni: niqob taqishi, masofani saqlashi va qo‘llarni sovunlab yuvishi zarur;

- hukumat kasallanganlarni aniqlash, izolyatsiyalash, testdan o‘tkazish va davolash, shuningdek, ular aloqalari izini aniqlashtirish uchun choralarni ko‘rmog‘i kerak.

Yaqinda BSST yetakchisi o‘z bayonotida COVID-19 pandemiyasi tugashi muddatini prognozlashtirgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, insoniyat COVID-19 ustidan taxminan ikki yilda g‘alaba qozonishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0