O‘zbekistonda yosh oilalarga uy-joy ajratish shartlari o‘zgaradi

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishPerviy dom dlya pereseleniya po programme renovatsii v Moskve
Perviy dom dlya pereseleniya po programme renovatsii v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vazirlar mahkamasi qarori bilan yosh oilalarga 2020-yil va keyingi yillarda uy-joy ajratish shartlari belgilandi.

TOShKENT, 31 avg — Sputnik. O‘zbekistonda yosh oilalarga uy-joy ajratish shartlari o‘zgaradi. Bu haqda Vazirlar mahkamasining tegishli qarori qabul qilindi.

Moliya vazirligi O‘zbekiston yoshlar ittifoqining asoslangan hisob-kitobiga muvofiq uy quruvchilarning dastlabki badallari hisobidan jamlangan mablag‘larning respublika budjetiga qaytarilgan qismi hisobidan:

- 2019-yilda yoshlar uchun qurilgan 558 ta uyning dastlabki badali uchun 30,0 mlrd so‘m;

- 2020-yilda quriladilan uy-joylar uchun 356 nafar yosh oilalarga uy-joy qiymati dastlabki badalining 65 foizigacha bo‘lgan qismini moliyalashtirish uchun 11,6 mlrd so‘m mablag‘larni QQSni qo‘shgan holda ajratadi.

Yosh oilalarga ajratilgan uy-joylar bilan ishlash uchun bo‘yicha nazorat guruhi tashkil etiladi. Ular ssuda va foizlarni to‘lashni nazorat qiladi.

Shavkat Mirziyoyev posetil sovremenniy jiloy kompleks na massive Korasuv goroda Samarkanda - Sputnik O‘zbekiston
Olis hududlarga ishga boradigan yosh mutaxassislar yordam puli va uy-joy bilan ta’minlanadi

Ssuda va foizlarni belgilangan muddatda qaytarmagan yosh oilalarga bir kun ichida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining hududiy boshqarmalari bilan birgalikda to‘lovlarni amalga oshirish yuzasidan muddat belgilangan holda notarius orqali yozma bildirishnoma yuboriladi.

Talab bajarilmasa hududiy kengashlar ijro xatini yozib berishni so‘rab notariusga murojaat qiladi.

Notarius ijro xati yozib beradi va Majburiy ijro burosining hududiy bo‘linmasiga taqdim etiladi. Ular o‘tgan qarzdorlikni undirish choralarini ko‘radi.

Qarorga ko‘ra, yosh oilalarga uy-joy ajratish shartlari 2020-yil va keyingi yillar uchun quyidagicha belgilandi:

yosh oilalarga uy-joylar shaharlarda va qishloq joylarida 1-yillik imtiyozli davr bilan (ilgari 3-yil edi) hamda dastlabki 5-yil davomida har yili foiz stavkasi qat’iy belgilangan 7 foizdan Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bir meyorda oshib boradigan stavkada va keyingi davrda qayta moliyalashtirish stavkasida 20-yil muddatga beriladi (ilgari qishloq joylaridagi uy-joylar uchun bu muddat 15-yil edi).

Bunda kvartiraning dastlabki badali:

- shaharlarda - O‘zbekiston prezidentining 2017-yil 23-oktabrdagi PQ-3350-son qarori bilan tasdiqlangan kvartiralarni yosh oilalarga, eskirgan uylarda yashovchilarga va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan boshqa toifadagi fuqarolarga sotish shartlariga muvofiq;

- qishloq joylarda - sotib olinadigan kvartira qiymatining 10 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.

Qarorning to‘liq matni bilan quyida tanishish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0