Hindiston va Xitoy o‘rtasida yana qurolli to‘qnashuv boshlandi

© AFP 2023 / TAUSEEF MUSTAFAGranitsa Indii i Kitaya
Granitsa Indii i Kitaya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Chushul-Moldo hududidagi hind zastavasidagi vaziyatni hal qilish uchun brigada qo‘mondonlari darajasida uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.

TOShKENT, 31 avg - Sputnik. Hindiston mudofaa vazirligi Xitoy qo‘shinlari bilan yangi to‘qnashuv haqida xabar berdi, deb yozadi Times of India.

Indiyskiy voyennoslujashiy v Ladakxe  - Sputnik O‘zbekiston
Hindiston va Xitoy chegarasidagi voqeadan keyin nima bo‘ladi?

"29 avgustdan 30-avgustga o‘tar kechasi Xitoy Xalq ozodlik armiyasi qo‘shinlari Sharqiy Ladakxdagi to‘qnashuvlar bo‘yicha harbiy va diplomatik uchrashuvlarda erishilgan avvalgi kelishuvni buzdilar va status-kvoni o‘zgartirish maqsadida provokatsion harbiy harakatlarni amalga oshirdilar", - deyiladi xabarda.

Chushul-Moldo hududidagi hind zastavasidagi vaziyatni hal qilish uchun brigada qo‘mondonlari darajasida uchrashuv o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, dunyoning aholisi eng ko‘p ikki mamlakat - Hindiston va Xitoyni Makmagon chizig‘i deb nomlangan shartli chiziq ajratib turadi. Hindiston va Dalay Lama hukumati mavjud chegarani tan olishgan, ammo 1959-yildagi rasmiy diplomatik notada e’lon qilinganidek Xitoy buni tan olmagan.

Yangiliklar lentasi
0