Hindiston va Xitoy chegarasidagi voqeadan keyin nima bo‘ladi?

© AP Photo / Mukhtar KhanIndiyskiy voyennoslujashiy v Ladakxe
Indiyskiy voyennoslujashiy v Ladakxe  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hindistonlik hamkasbi bilan suhbatda, Xitoy Tashqi ishlar vaziri mamlakatlar chegarasida sodir bo‘lgan va o‘lganlar va yaradorlar haqida xabarlar bo‘lgan voqeani tekshirishni talab qildi.

Hindistonlik hamkasbi bilan suhbatda, Xitoy Tashqi ishlar vaziri mamlakatlar chegarasida sodir bo‘lgan va o‘lganlar va yaradorlar haqida xabarlar bo‘lgan voqeani tekshirishni talab qildi. Sputnik radiosi efirida tahlilchi Sergey Sanakoyev vaziyatni keyingi rivoji bo‘yicha o‘z prognozi bilan o‘rtoqlashdi.

Vstrecha liderov SShA i Kitaya Donalda Trampa i Si Szinpinya v ramkax sammita G20 (29 iyunya 2019). Osaka - Sputnik O‘zbekiston
AQSh uyg‘urlar siyosati bilan bog‘liq Xitoy amaldorlariga qarshi sanksiyalar kiritadi

Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramanyam Djayshankar bilan suhbatda hind tomonidan Xitoy-Hindiston chegarasida sodir bo‘lgan voqeani sinchkovlik bilan tekshirilishini talab qildi, deya xabar beradi Xitoy Tashqi ishlar vazirligi.

"Biz hind tarafidan puxta tergov o‘tkazishni, aybdorlarni jazolashni, barcha provokatsion harakatlarni zudlik bilan to‘xtatishni va kelajakda bunday voqealarning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslikni talab qilamiz", - dedi Van I.

Rossiya-Xitoy tahlil markazining rahbari Sergey Sanakoyev Sputnik radiosi efirida vaziyat qanday rivojlanishini tahmin qildi.

"Ko‘rinib turganiday, eng yuqori darajadan darhol to‘xtatishga signal keldi, chunki hozir bu keskinlashuv hech kimga kerak emas - na Xitoy rahbariyatiga va na Hindiston rahbariyatiga. Boshqa tomondan, biz tushunishimiz uchun: bu har doim ham biror hodisa ro‘y beradigan joy - bu uzoq yillik hodisa va u vaqti-vaqti bilan bu yerda avj olib turadi. Ammo bu safar u juda tez bostirildi, chunki tashqi dunyoda ro‘y berayotgan voqealar ancha jiddiyroqdir. Shuning uchun ishonchim komil – bu safar jiddiy keskinlik ro‘y bermaydi. O‘ylaymanki, kelgusida Hindiston va Xitoy rahbariyati, BRIKS kabi ko‘p tomonlama formatlardan foydalangan holda, ushbu nizoni hal qilish uchun muloqotga kirishadi", - deya yakunladi Sergey Sanakoyev.

Samolet VVS KNR Xian Y-20 na mejdunarodnoy aviatsionno-kosmicheskoy vistavke v Chjuxae - Sputnik O‘zbekiston
G‘alaba paradi: Xitoy harbiylari Moskvaga yangi Y-20 samolyotida uchib kelishdi

Xitoy va Hindiston harbiylari o‘rtasidagi to‘qnashuv 15-iyun kuni kechqurun Ladakxdagi Galvan vodiysida yuz berdi. Xitoy harbiylariga ko‘ra, 15-iyun kuni kechqurun chegarada Hindiston harbiylari o‘z majburiyatlarini buzib, amaldagi nazorat chizig‘ini noqonuniy kesib o‘tishdi, to‘qnashuvga olib kelgan qasddan provokatsion xujumni amalga oshirishdi, yarador va halok bo‘lganlar bor. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi norozilik bildirdi.

Hindiston Tashqi ishlar vazirligining ta’kidlashicha, to‘qnashuv Xitoy tomonining Galvan vodiysidagi amaldagi nazorat chizig‘iga rioya qilinishi to‘g‘risidagi konsensusni bir tomonlama o‘zgartirishga urinishi natijasida yuzaga kelgan.

Xitoy va Hindiston o‘rtasida, Kashmir shimolidagi tog‘li hududga egalik qilish to‘g‘risida, shuningdek Arunachal-Pradesh shimoliy-sharqiy shtatida qariyb 60 ming kvadrat kilometr maydon borasida hududiy nizo mavjud. Amaldagi nazorat chizig‘i Ladakx mintaqasidan o‘tgan. 1962-yil kuzida janjal chegara urushiga aylandi. 1993 va 1996-yillarda Xitoy va Hindiston bahsli hududlarda tinchlikni saqlash bo‘yicha bitimlarni imzoladilar.

Yangiliklar lentasi
0